Töqsonbosti ekinlari – mömay daromad manbai
Dehqonçilikning töqsonbosti usuli yaxşigina daromad manbai böliş bilan birga, aholining ertaki sabzavot mahsulotlariga bölgan talabini qondiriş imkonini beradi. Amudaryo tumanida aholining ertaki sabzavot mahsulotlariga bölgan talabini töliq qondiriş maqsadida hosildan böşagan maydonlarga sovuqqa çidamli piyoz va sarimsoqpiyoz kabi ekinlarni töqsonbosti usulida ekiş işlari uyuşqoqlik bilan olib borilmoqda.
1-noyabr kuni tumanning Amir Temur nomli ovuli hududida faoliyat yurituvçi “Jurʼatbek-Sultonbek” fermer xöjaligida piyoz, sarimsoqpiyoz ekinlarini boğ içiga – mevali daraxtlar qator oralariga töqsonbosti usulida ekiş böyiça seminar bölib ötdi.
Seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov, tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Anvar Yuldaşev, fermer xöjaliklari raislari, tomorqaçilar va ovul hamda mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, masʼullar iştirok etişdi.
Töqsonbosti deganda qişning töqson kuni nazarda tutilgan bölib, bu usulda kuzda ham yerga ekin ekilib, erta bahorda hosil oliş imkoni paydo böladi. Natijada qiş va bahor oylarida ham bozorlarimiz tökin-soçin, narx-navo barqaror bölişiga zamin yaratiladi. Xalqimizda “Töqsonda suğorsang, töqson botmon hosil olasan”, degan naql bejizga aytilmagan. Kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari uruğlari erta köklamda yerdan juda barvaqt unib çiqib, tez rivojlanişi hisobiga erta hosil beradi. Erta bahorda esa mahsulotning bozori çaqqon bölişi sir emas.
Uşbu masalaga hukumatimiz tomonidan ham alohida eʼtibor qaratilib, aholining soğlom ovqatlanişi, xalqimiz dasturxoniga yil davomida har xil sabzavot mahsulotlarining yetiştirilişi uçun bir qator işlar amalga oşirilmoqda. Bu borada Amudaryo tumanida ham işlar uyuşqoqlik bilan, qizğin olib borilmoqda.
Seminarda 2024-yil hosili uçun fermer va dehqon xöjaliklari dalalariga piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini boğ qator orasiga töqsonbosti usulida ekişning ahamiyati haqida maʼlumotlar berildi.
Keyingi yillarda respublikada tumanlarning ixtisoslaşuvi, mintaqalarning tuproq-iqlim şaroitlari va suv bilan taʼminlanişi hamda boşqa omillarni eʼtiborga olgan holda qişloq xöjaligi ekinlarini oqilona joylaştirişga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Şundan kelib çiqqan holda bu yil tuman böyiça jami 1777 gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz kabi ekinlarni töqsonbosti usulida ekiş rejalaştirilgan.
Qayd etiş kerakki, töqsonbosti ekinlari fermer va dehqonga daromad keltirişi bilan birga, bozorlarimizda narx-navo barqarorligini taʼminlaşda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶