Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 66-sessiyasi töğrisida axborot
2023-yil 10-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdagi – 66-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengaşi raisining örinbosari Ğulomjon Eşniyozov oçdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 29-Qangli saylov okrugidan deputat Zamira Safarova saylandi.
Sessiyada deputatlar, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyada dastlab Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida odil sudlovni amalga oşiriş böyiça qilingan işlar haqida sud raisi Asqar Safarov hisobot berdi.
Hisobotda taʼkidlanganidek, 2023-yilning 9 oyi davomida mazkur sudning iş yurituviga 153 nafar şaxsga nisbatan 109 ta jinoyat işi kelib tuşgan. Şundan, 142 nafar şaxsga nisbatan 107 ta jinoyat işi körib tamomlangan bölsa, 15 nafar şaxsga nisbatan 13 iş jinoyat işlari tegişliligiga köra boşqa sudga yuborilgan.
Sessiyada tuman prokuraturasi tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda huqubuzarliklarning oldini oliş borasidagi işlar töğrisida tuman prokurorining katta yordamçisi Şariyar Joldasbayev hisobot berdi.
Hisobotda qayt etilganidek, joriy yilning 10 oyi davomida 106ta nazorat tadbirlari ötkazilib, qonunçilik talablariga zid bölgan hujjatlarga nisbatan 176ta protestlar keltirilgan. Qonunbuzilişi holatlarini bartaraf etiş haqida 49ta taqdimnomalar kiritilgan. Şuningdek 157 nafar mansabdor şaxs intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan hamda qöpol qonunbuzilişi holatlari yuzasidan 5ta jinoyat işlari qözğatilib, 348 nafar şaxsning buzilgan huquqlari tiklangan. Huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan 1 mlrd 452 mln 212 ming söm zarar ixtiyoriy ravişda qoplangan.
Bundan taşqari 55ta tadbirkorlik subʼektlariga amaliy yordamlar körsatilib, şundan 2tasiga tabiiy gaz tarmoğiga, 2tasiga içimlik suv tarmoğiga, 17tasiga elektr tarmoğiga ulanişida, 15tasiga tumandagi tijorat banklaridan jami 10 mlrd. 634 mln. söm kredit mablağlari ajratilişida, 3ta tadbirkorga bino ajratilişida, 4 tasiga boşqa masalalarda yordam körsatilgan. Natijada 12ta tadbirkorlik subʼekti yangidan taşkil qilinişiga va 76ta yangi iş örinlari yaratilişiga kömaklaşilgan.
Sessiya işida tuman hokimining birinçi örinbosari Komiljon Aytbayev “Saxovat va kömak” jamğarmasi mablağlari hisobidan ehtiyojmand oilalarga mablağ ajratib beriş böyiça taklif berdi. Sektor aʼzolari tomonidan uyma-uy yuriş natijasi va sektor rahbarlarining tavsiyasiga asosan boquvçisini yöqotgan, yakka-yolğiz, I va II guruh nogironligi bor aʼzolari bölgan, mehnatga layoqatli işsiz aʼzolari bölgan, köp farzandli hamda tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga “Saxovat va kömak” jamğarmasi tomonidan mablağ ajratiş beriş taklifi deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Şundan keyin tuman Moliya bölimi boşliği Javlon Jumamuratov mahalliy byudjet mablağlari hisobidan ajratiladigan mablağlarning sarflanişini nazorat qiliş va bu borada oçiqlikni taʼminlaş masalasida hisobot berdi.
Hisobotda tuman mahalliy byudjetining daromadlar qismi aniqlangan reja prognozi 57 mlrd 830 mln 871 ming sömga belgilangan bölib, amalda 66 mlrd 139 mln 136 ming sömga yaʼni 114,4 foizga, yoki rejaga nisbatan 8 mlrd 308 mln 265 ming sömga ortiği bilan bajarilişiga erişilgan. Uşbu körsatgiç birinçi çorakda jami 3 mlrd 742 mln 300 ming, ikkinçi çorakda jami 2 mlrd 47 mln 700 ming, uçinçi çorakda esa jami 2 mlrd 517 mln 600 ming sömni taşkil qiladi.
Sessiyada tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov aholidan kelib tuşayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamçilari faoliyatining natijadorligini örganiş yakunlari töğrisidagi masala yuzasidan axborot berdi.
Axborotda taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2023-yil 31-oktyabr sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan jami 3 ming 755ta masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşgan. Şundan 2 ming 810tasi qanoatlantirilgan, 1 ming 546tasi ijobiy hal qilingan.
Sessiyada Kengaş vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar ham muhokama qilindi. Kun tartibidagi barça masalalar atrofliça körib çiqilib, tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶