Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir ötkazildi
Mamlakatimizning davlat ramzi bölgan bayroğimiz qabul qilingan 18-noyabr sanasi har yili bayram sifatida keng nişonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan taʼlim-tarbiya maskanlarida öquvçi yoşlarimizni istiqlolning qadriga yetişga daʼvat qiliş, yoşlar ongida davlat razmlariga nisbatan hurmat tuyğusini şakllantiriş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga yönaltirilgan turli tadbirlar taşkil qilinadi.
17-noyabr kuni Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabida Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayroği” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirda ixtisoslaştirilgan maktabning öqituvçi va murabbiylari hamda öquvçilar iştirok etdi.
Davlat bayroği yurtimizning milliy timsoli hisoblanadi. Bayroğimiz xalqimizning şonli tarixi va ezgu intilişlarini özida mujassam etib, tinç va osoyişta, erkin hayotimiz, yoruğ kelajagimizga bölgan işonçimizning mayoğidir.
Tadbir avvalida Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabi direktorining öquv işlari böyiça örinbosari Ravşan Xolmurodov öquvçilarni mamlakatimiz bayroği qabul qilinganining 32 yilligi bilan muborakbod etdi.
Taʼkidlanganidek, davlat bayroği millatning birligi, mustaqillik timsoli sifatida öşa xalqning orzu-istaklarini, umidlarini, kelajakka bölgan işonçini özida ifoda etadi. Mamlakatimizning barça hududida keng nişonlanayotgan davlatimiz bayroği qabul qilingan kun mustaqilligimizni mustahkamlaşda, öz taraqqiyot yölimizni tanlaşda muhim sana bölişi bilan birga, ota-bobolarimizning erkin va ozod, baxtli va farovon hayotni taʼminlaşdagi asriy orzu-umidlari, armonlari uşalgan, buyuk kelajak sari yetaklagan kun sifatida tarixga muhrlangan.
Tadbir davomida uşbu muhim sananing tarixi hamda bayroğimizda milliy-tarixiy anʼanalarimiz, uzoq ötmişga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik beğuborlik, yaxşilik, donişmandlik va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz öz ifodasini topgani xususida söz yuritildi.
“Muqaddasdir Vatan bayroği” deya nomlangan mazkur tadbirda maktabning 6-7-8-sinflar öquvçilari faol iştirok etdilar. Öquvçilar tomonidan davlat ramzlari, mustaqillik, Vatan haqida ajoyib şeʼrlar aytildi. 5-sinf öquvçilari örtasida rasmlar tanlovi ötkazildi. Unda öquvçilar özlarining isteʼdod va qobiliyatlarini sinovdan ötkazdilar.
Tadbirda tarix fani öqituvçisi Begzod Töraboyev Özbekiston Respublikasining davlat bayroği faqatgina davlat ramzi emas, u şu yurtda tuğilib, şu zaminda yaşayotgan barça millat va elatlarning ğururi, tinçlik va ahillik timsoli ekanligi, qalblarni qalblarga yaqinlaştiradigan, dillarni dillarga ulaydigan vositaga aylanganligi, dunyoning qaysi burçagida bölmang, bu bayroq qadrdon ona Vatanni yodga solişi alohida taʼkidlandi.
Mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida örni bor. Şu maʼnoda, milliy bayroğimiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi örni hamda rolini körsatişda muhim ahamiyatga ega bölib, har birimiz uçun iftixor timsoli hisoblanadi.
Qadim-qadimdan xalqimiz uçun mustaqillik, hurlik, tinçlik va barqarorlik timsoli bölib kelgan, ajdodlarimiz ham muqaddas bilib, köz qoraçiğidek asragan Vatan bayroği kelgusi avlodlar uçun ham qadrli va aziz bölib qolaveradi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶