30-SONLI MAKTABDA “HILPIRAYVER, BAYROĞIM!” NOMLI ADABIY-MUSIQIY TADBIR ÖTKAZILDI
Bayroq har bir davlatning muqaddas ramzlaridan biri, xalqning ğurur va iftixoridir. Şu bois, 18-noyabr – davlatimiz bayroği qabul qilingan kun yurtimizning barça göşalarida keng nişonlanadi.
Uşbu sana munosabati bilan Amudaryo tumanidagi 30-sonli maktabda ham “Hilpirayver, bayroğim!” mavzusida tadbir ötkazildi. Mazkur tadbirdan oldin maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Umida Rahimboyeva 8-“v” sinfning maʼnaviyat soatida davlat ramzimiz bölmiş bayroğimiz haqida davra suhbati ötkazib, öquvçilar bilan davlat ramzlari haqidagi tuşunçalarini rivojlantiruvçi fikr almaşuvlar taşkil etdi. Nazariy maʼlumotlar asosida uşbu tuşunçalarni töliqtirdi. Şuningdek, öquvçilarni qiziqtirgan savollarga ham javob berib, bayroğimizni uluğlovçi taqdimotni namoyiş etdi.
Şundan söng, öquvçilar davlatimizning muqaddas ramzlari bilan bezatilgan maktab sahnasida öz iqtidorlarini namoyon etişdi. Xususan, Özbekiston bayroği qabul qilingan sana, özbek davlatçiligi tarixi, olis ötmişda xalqparvar, vatanparvar ajdodlarimiz davlat bayroğini qanday asraganlari, bayroqning xalqni buyuk marralar sari ruhlantirişdagi beqiyos katta ahamiyati haqida maʼruzalar qilişdi. Çunonçi, uluğ janhongaşta bobomiz Amir Temur davlatçiligi davridagi bayroq, undan oldin Jaloliddin Manguberdi bobomizni boşi uzra baland kötarib öz ona yurtini himoya qilişga undagan davlat bayroqlarining tarixiy ahamiyati xususida özaro fikr almaşdilar.
Tadbirda öquvçilar vatanparvarlik ruhidagi, şuningdek, bayroğimizni madh etuvçi şeʼrlardan namunalar aytişdi, milliy musiqalarga raqslar ijro etişdi.
Bundan taşqari, tadbir davomida “Bilimdonlik bahsi” ham ötkazilib, bunda bayroq bölakçalaridan yaxlit rasm hosil qiliş, berilgan bayroq rasmlari qaysi davlatga tegişli ekanligi haqidagi öquvçilarning bilimlari sinovdan ötkazildi. Bellaşuvda öquvçilar özlarining bilimlarini sinaş bilan birgalikda jamoa bölib harakat qiliş, özaro döstona munosabat tuyğularini ham rivojlantirdilar.
Bu kabi tadbirlar orqali öquvçilarga davlat ramzlari haqida kengroq tuşunça beriş, bu ramzlarga nisbatan hurmat tuyğusini oşiriş asosiy maqsad qilib qöyilgan.
Çunki davlat bayroğiga nisbatan hurmat – ona Vatanga, xalqimizga hurmat va ehtirom namunasidir. Buni sportda, ilm-fan, adabiyot va sanʼat yönalişlari böyiça xalqaro musobaqalarda iştirok etib, yuqori natijalarga erişgan yoşlarimiz boşi uzra davlatimiz bayroği kötarilgan lahzalarda çuqur his etamiz va qalblarimiz ğurur va iftixorga töladi. Albatta, xalqaro maydonda davlatimiz ramzi – bayroğimizning hilpiraşi jonajon Özbekistonimizga nisbatan xayrixohlik va hurmat-eʼtiborning oşib borayotganidan dalolatdir.
Tadbir yakunida öquvçi-yoşlar Özbekiston bayroğini boşlari uzra baland kötarib, mustaqil Vatanimizga sodiq farzandlar bölişga, ona Vatanimizning yanada gullab-yaşnaşi uçun xizmat qilişga qodir insonlar bölib voyaga yetişga söz berdilar. Tadbir barçaga zavq-şavq, ğurur bağişladi.
Ravşan Bahromov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶