“Keksalar uçun turizm oyligi” doirasida Xiva şahriga sayohat taşkil etildi
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq mamlakat böylab keksa avlod vakillarini sayohat qilişga rağbatlantiriş maqsadida “Keksalar uçun turizm oyligi”ni taşkil qiliş vazifasi belgilangan. Şundan buyon har yili noyabr oyida keksalar uçun turizm oyligi ötkazib kelinadi.
Mazkur oylik doirasida barça ovul va mahallalarda reja asosida keksa otaxonu-onaxonlar uçun diyorimizdagi diqqatga sazovor va tarixiy maskanlarga sayohatlar taşkil etiladi. Joriy yilda ham uşbu anʼanaga muvofiq amudaryolik nuroniylar mamlakatimiz böylab sayohatga çiqmoqdalar.
Mamlakatimizda bugungi kunda keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qiliş, ularga eʼtibor va ğamxörlikni kuçaytiriş, ularning turmuş şaroitini yaxşilaş, faol va mazmunli hayot keçirişlarini taʼminlaş, boy hayotiy tajribasidan keng foydalanişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Nuroniy otaxon va onaxonlarimizga qaratilayotgan eʼtiborni yanada kuçaytiriş maqsadida 1-noyabrdan 30-noyabrgaça bir oy mobaynida tarixiy şaharlar va muqaddas qadamjolarga turli sayohatlar rejalaştirilgan.
Oylik doirasida 15-20-noyabr kunlari “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi hamda tuman bölimi tomonidan 50 nafar mehnat faxriylarining Xiva şahriga sayohati taşkil etildi.
Xiva şahridagi tarixiy obidalar hamda muqaddas qadamjolar qadimiy ziyoratgohlardan biri bölib, hozirda u yerga taşrif buyuruvçi ziyoratçilar soni tobora ortib bormoqda. Ziyoratgohga kelgan mehmonlar uçun barça şaroitlar yaratilgan. Uzoq yillar davomida turli sohalarda samarali mehnat faoliyatini yuritgan, hozirda keksalik gaştini surayotgan otaxon va onaxonlar uşbu tarixiy maskanlarni ziyorat qilişib, bugungi dorilomon kunlarga şukronalar aytib, ajdodlarimiz ruhiga duolar qildilar.
Körsatilayotgan alohida eʼtibor va ğamxörlikdan nihoyatda mamnun bölgan keksalar sayohat davomida Prezidentimizning taşabbusi bilan mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida suhbatlaşib, öz fikr-mulohazalarini bildirişdi.
Şuningdek, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinçlik-osoyiştalikni taʼminlaş hamda yoş avlodni xalqimizning köp asrlik anʼanalarini hurmat qiliş ruhida tarbiyalaşdagi rolini oşirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar öz samarasini berayotgani, bularning hammasi yurtimizdagi rivojlaniş, yuksalişlarda öz aksini topayotgani alohida taʼkidlandi.
Sayohatçilar Xiva şahridagi “Içan qalʼa” tarixiy majmuasidagi barça obidalar, muzeylar bilan taniib çiqqaç, tuşlik dasturxoni yozilib, mehmon qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi “Nuroniylar” jamğarmasi va mazkur jamğarmaning tuman bölimi tomonidan taşkil etilgan sayohat davomida amudaryolik nuroniylar miriqib hordiq çiqardilar.
Uşbu sayohat mehnat faxriylarida katta taassurotlar qoldirib, ularning madaniy va maʼnaviy dam olişlariga imkon yaratdi. Sayohat yakunlangandan söng nuroniy faxriylar bu kabi eʼtibor hamda ğamxörlikdan ğoyat xursand ekanliklarini bildirişib, taşkilotçilarga minnatdorçilik izhor etdilar.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶