SAYYoR SUDDA BELGILANMAGAN YeR MAYDONIDA NOQONUNIY BINO QURGAN FUQAROGA JAZO TAYINLANDI
Döstlik mahallasida Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi ötkazildi. Uşbu sayyor sud majlisida yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş jinoyatini sodir qilgan fuqaroga nisbatan qözğatilgan iş körib çiqildi.
Sud majlisi davomida jinoyat sodir qilganlikda ayblangan fuqaro X.M. (ism özgartirilgan) 2022-yil dekabr oyida tumanimiz hududida joylaşgan, öziga tegişli bölgan köp tarmoqli fermer xöjaligiga davlat tomonidan foydalaniş uçun ijaraga berilgan suğoriladigan ekin maydonining tegişli konturidagi suğoriladigan yer maydonini özboşimçalik bilan egallab olgani, mazkur yer maydonida noqonuniy quriliş işlarini amalga oşirib, çorvaçilik bilan şuğullaniş uçun 178 kv/metr kenglikda molxona va yem saqlaş uçun omborxona binosini qurgani maʼlum böldi.
Işni körib çiqiş mobaynida töplangan dalillar va boşqa tegişli hujjatlar örganildi, himoyaçi va taraflarning sözlari tinglandi. Şundan kelib çiqib, fuqaro X.M.ga Özbekiston Respublikasi JKning 229-1-moddasining 2-qismida körsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga 2-yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi. Şuningdek, sudlanuvçidan yetkazilgan 7671755 söm zarar miqdorining 7288167 söm 25 tiyini Respublika byudjetiga, 383587 söm 75 tiyini Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligini rivojlantiriş va oziq-ovqat taʼminoti jamğarmasiga undirildi.
Tayinlangan jazo X.M.ning yaşaş joyida ötaşi belgilandi va soat 21:00 dan ertalabki soat 06:00 ga qadar boşqa hududga çiqişi taqiqlandi. Şuningdek, jazo ustidan nazorat qiluvçi organ ruxsatisiz yaşaş joyini özgartirmaslik va Amudaryo tumani hududidan ruxsatsiz çiqmaslik majburiyatlari yuklatildi.
Asqar Safarov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶