QIShLOQ AHOLISIGA QULAYLIKLAR
Hozirgi kunda mamlakatimizda qishloq aholisining farovon hayotini taʼminlash maqsadida keng miqyosdagi ishlarning amalga oshirilayotgani barchaning qalbini quvonchga toʻldiradi.
Qishloqlarimizda qurilayotgan zamonaviy uy-joylar, maktablar, kollejlar va tibbiyot maskanlari turmushimizni yanada obod qilish maqsadiga yoʻgʻrilgan saʼy-harakatlarning yorqin namunasidir.
Yaqinda Kuyuk koʻpir ovulining "Qizilcholi” mahallasida loyiha qiymati salkam 333 million soʻm boʻlgan 50 qatnovga moʻljallangan qishloq vrachlik punkti, Bobur nomli ovulda loyiha qiymati salkam 320 million soʻm boʻlgan 50 qatnovga moʻljallangan qishloq vrachlik punkti binolari qurilishi boshlandi. Ushbu QVPlar binolarini qurishda Soatboy Qurboniyozov rahbarlik qilayotgan "Agat invest prom” va Bahodir Toʻraboyev yetakchilik qilayotgan "Qurilish-xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari jonbozlik koʻrsatmoqdalar.
Ushbu qishloq
vrachlik punktlari binolari qurilib, foydalanishga toshirilgach, mazkur ovul va
mahallada yashovchi aholining salomatligini yaxshilash ishlari yana bir pogʻonaga
koʻtariladi.
(Foto - tma.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶