DIQQAT, TANLOV! TANLOVDA IŞTIROK ETING VA ĞOLIB BÖLING!
Amudaryo televideniyesi tahririyati “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoşlarni kitobxonlikka qiziqtiriş orqali ularni maʼnaviy barkamol insonlar qilib tarbiyalaşga, oilalarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşga hissa qöşiş maqsadida öquvçi-yoşlar örtasida “Men öqigan badiiy asar” videoroliklar tanlovi ötkazilişini eʼlon qiladi.
Uşbu tanlov şartlariga köra, unda iştirok etişni xohlovçi yoşlar özlari öqigan badiiy asardan olgan taassurotlari, asar qahramonlarining öz hayotida tutgan örni, muhimi, özidagi ijobiy özgarişlar haqida batafsil söz yuritib, tengdoşlarini ham uşbu asarni öqişga davʼat etişi va buni video tasvirga tuşirib, kiçik syujetli videorolik tayyorlaşlari talab etiladi.
Tayyorlangan videoroliklar telekanal tahririyatining telegramdagi manziliga 2023-yilning 5-dekabridan 25-dekabriga qadar jönatilişi zarur.
Eng yaxşi syujetli videoroliklar ATV telekanalida namoyiş etiladi.
Ğoliblar telekanal tahririyati tomonidan rağbatlantiriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶