28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:58
Fan va taʼlim 👁 250

36-SONLI MAKTABDA “WE LOVE ENGLISH” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

36-SONLI MAKTABDA “WE LOVE ENGLISH” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini oʻrganish bugungi davrda rivojlanish va taraqqiyotning asosiy shartlaridan biridir. Shu sababli umumtaʼlim maktablarida yosh avlodning ushbu fanga boʻlgan qiziqishini oshirish, til oʻrganishlariga imkoniyat yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Davr talabiga koʻra maktablarda ustoz-muallimlar interfaol, innovatsion va qiziqarli usullardan foydalanib, darslarni mazmunli oʻtishga, taʼlim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini olib kirib, ulardan maqsadli va toʻgʻri foydalanishga, shu orqali oʻquvchida chet tillarga boʻlgan qiziqishni oshirish, oʻqitish samaradorligini yaxshilashga harakat qilishmoqda.

27-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 36-sonli maktabda ham “We love English” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbir boshlanishida mos tarzda bezatilgan maktab foyesida oʻquvchilar bilan oʻyin tarzidagi mashgʻulotlar oʻtkazildi. Oʻquvchilar ingliz va rus tili fanlaridan kerakli soʻzlarni topib, krossvordlar yechishdi va oʻzlarining ushbu fanlarni mukammal oʻzlashtirishganini namoyon etishdi.

Maktabning ingliz va rus tillari oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda direktor oʻrinbosarlari Sarvar Qutlimurodov hamda Bahrom Xoʻjamurodovlar ishtirok etdilar va kechani ochib berdilar. Ular oʻz soʻzlarida soʻnggi yillarda yurtimizda xalq taʼlimi tizimida chet tillarini oʻqitishda yangi davr boshlangani, talablar, metodika oʻzgargani, bunda ilgʻor pedagogik texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullardan foydalanish talab etilishini taʼkidlab oʻtishdi. Maktablarda ingliz tili fani 1-sinflardan boshlab oʻtilayotgani, bilimga chanqoq oʻquvchilarning til oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, ularni ingliz tilining boy olamiga olib kirish oʻqituvchilardan katta mehnat talab qilishini eʼtirof etishdi.

Tadbir oʻquvchilarning ingliz va rus tilidagi sheʼrlari, qoʻshiqlari bilan davom ettirildi. Ingliz tilini mukammal oʻrganishga harakat qilayotgan oʻgʻil-qizlar rus va ingliz tilidagi qoʻshiqlarga raqsga tushishdi. Maktabning 4-sinf oʻquvchilari “Rain, rain go away”, 7-sinf oʻquvchilari “Do you want to take” qoʻshiqlarini kuylashdi, 8-sinf oʻquvchilari “Katyusha” qoʻshigʻiga va ispancha kuyga raqs tushishdi. Shuningdek, maktabning 2-, 5-, 6-, 10-11-sinf oʻquvchilari ham tadbir davomida faol ishtirok etishdi.

Mazkur maktabda rus va ingliz tili fanlari boʻyicha oʻtkazilgan diktant, insho, ijodiy ishlar tanlovlari oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Ochiq dars mashgʻulotlari jarayonida ham asosiy eʼtibor yangi innovatsion usullardan foydalanib, oʻquvchilarning bilimini oshirish, ulardagi koʻnikmalarni rivojlantirish, aniqlangan boʻshliqlarni bartaraf etishga qaratilmoqda. Ingliz tili fani oʻqituvchilari Xosiyat Rajabova, Rayhon Oʻrazboyeva, Zamira Otajonova, Dildor Xolmenova, Dilnura Babaniyozova, Shahlo Iskandarova, Nilufar Shomurodova, Dilfuza Davletova, Madina Fayzullayeva, Muhtaram Habibullayevalar oʻquv dasturlari doirasidagi darslardan tashqari, maktab qoshida qoʻshimcha toʻgarak mashgʻulotlari ham tashkil qilib, oʻquvchi-yoshlarning til oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishmoqda.

Oʻqituvchi va oʻquvchilar ishtirokida oʻtkazilgan “We love English” nomli tadbir nihoyatda qiziqarli oʻtdi. Oʻquvchilar darslardagi samaradorlik natijasini, oʻzlarining oʻzlashtirish darajalarini, xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan intilishlarini tadbir davomida yaqqol koʻrsatdilar.

Rayhon Oʻrozboyeva, 36-sonli maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026