28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:28
Qishloq xoʻjaligi 👁 231

Oq oltin ovulida biogumus tayyorlash boʻyicha seminar oʻtkazildi

Oq oltin ovulida biogumus tayyorlash boʻyicha seminar oʻtkazildi

2023-yil 3-dekabr kuni Amudaryo tumanining Oq oltin ovulida biogumus tayyorlash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning borishi masalasida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi oʻrinbosari Rustam Saparboyev, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anvar Yoʻldoshev, tuman Obodonlashtirish, Veterinariya va chorvachilik boʻlimlari, Qipchoq davlat Oʻrmon xoʻjaligi rahbarlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari masʼullari hamda fermer xoʻjaliklari raislari, tegishli soha vakillari ishtirok etdilar.

Biogumus – tabiiy tuproqqa yaqin boʻlgan oʻgʻit turi boʻlib, chirishga moyil chiqindilar – goʻng, xazonrezgi, somon, oʻsimlik uyumlarini Kaliforniya qizil chuvalchangi organizmidan oʻtkazish orqali olinadi.

U qoramtir rangda, quruq va suyuq holatda boʻladi. Uning tarkibidagi mikroorganizmlar tuproqning aerobik, anaerobik mikroelementlar bilan boyitilishiga sharoit yaratib beradi. Shuningdek, tuproqning mexanik zichligini ham meʼyoriga keltiradi.

Biogumus – urugʻlarning unib chiqishini sezilarli darajada tezlashtiradi, koʻchat oʻsishi va ildiz shakllanishini faol ravishda ragʻbatlantiradi, tuproqni boyitadi va ozuqa moddalarining soʻrilishini yaxshilaydi, kislotalilikni pasaytiradi va tuproqning tuzilishini yaxshilaydi. U oʻsimliklarning turli kasalliklarga qarshi immunitetini oshiradi va ulardan keyin tiklanishiga yordam beradi. Biogumus oʻsimlikning noqulay ekologik sharoitlarga qarshi chidamligini oshirib, gullashini ragʻbatlantiradi, mevalarning pishishini tezlashtiradi, ularning hosildorligi va sifatini oshiradi.

Seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, biogumus tuproqni mukammal darajada sogʻlomlashtirishini, boshqa har qanday organik moddalar bilan yaxshi birlashishini va hosilning sifatini yaxshilashga xizmat qilishini aytib oʻtdi.

Joriy yilda tuman boʻyicha jami 1 ming 110 tonna biogumus tayyorlash rejalashtirilgan. Shundan, tuman hokimligi 200 tonna, Qipchoq davlat Oʻrmon xoʻjaligi 200 tonna, Obodonlashtirish boshqarmasi 200 tonna hamda fermer xoʻjaliklari 510 tonna biogumus tayyorlashi reja qilingan.

Seminarda soʻzga chiqqan masʼullar oxirgi yillarda bu organik chiqindi qishloq xoʻjaligi sohasida va oziq-ovqat sanoatida keng koʻlamda qoʻllanilayotgani, uning tarkibidagi mikroorganizmlar tuproqning aerobik, anaerobik, mikroelementlar bilan boyitilishiga sharoit yaratib berishini hamda tuproqning mexanik zichligini ham meʼyoriga keltirishini taʼkidlab oʻtdilar.

Mutaxassislar tuproqqa biogumus solishning ham meʼyorlariga eʼtibor qaratish lozimligini alohida taʼkidlab oʻtdilar. Unumdorligi past boʻlgan tuproqni laboratoriya tahlillaridan oʻtkazib, mutaxassislarning tavsiyasi asosida belgilangan miqdorda biogumus solinadi. Biogumus solingan tuproqda yetishtirilayotgan ekin kasalliklarga chidamli boʻlishi va erta pishib yetilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Buning bir necha usullari mavjud. Yerga urugʻ qadayotganda u bilan birga biogumus solish ham yaxshi samara beradi. Tuproqqa qaysi paytda, qancha miqdorda biogumus solish esa agrotexnolog mutaxassislarning tavsiyasi asosida amalga oshirilishi haqida seminar ishtirokchilariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026