XIZR ELI MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYoR QABUL ÖTKAZILDI
Aholi muammolari, ularning yeçimi böyiça barça hududlarda tuman hokimining sayyor qabullari ötkazilmoqda. Uşbu sayyor qabullarda fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari qabul qilinib, örganib çiqilmoqda.
30-noyabr kuni navbatdagi sayyor qabul Xizr eli mahallasida fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida bölib ötdi. Sayyor qabulda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiş masalalari böyiça birinçi örinbosari Kamiljon Aytbayev, Xalq qabulxonasi boşliği Erkin Rajabov, fuqarolar yiğini raisi Otabek Törayev, mutasaddi korxona-taşkilotlar rahbarlari, masʼullari iştirok etişdi. Şuningdek, fuqarolar yiğini masʼullari, mahalla beşligi, köçaboşçilari va faollar ham qatnaşişdi.
Qabulda dastlab bugungi kunda aholi muammolarini örganiş, hal etiş şu orqali aholining turmuş şaroitini yanada yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan tizimli işlar xususida söz yuritildi. Şuningdek, tuman hokimining birinçi örinbosari Kamiljon Aytbayev tumanda aholini kambağallikdan çiqariş va iqtisodiyotni barqaror rivojlantiriş, yangi iş örinlarini yaratiş, xalqning turmuş farovonligini yaxşilaş, borasida amalga oşirilayotgan işlar, yangi loyihalar haqida gapirib ötdi.
Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi boşliği Erkin Rajabov ham yurtimizning barça hududlaridagi Xalq qabulxonalari odamlar oğirini yengil qiliş, ularning muammolarini hal etişda muhim ahamiyat kasb etayotgani, buni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi faoliyati misolida ham köriş mumkinligini taʼkidlab ötdi.
Undan taşqari, Prezidentning tumandagi Virtual qabulxonasiga joriy yil boşidan 1-noyabr sanasiga qadar aholidan jami 3755ta masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşgani, şundan 2823tasi Prezidentning işonç telefoni orqali, 110tasi Prezident poçtasiga, 96tasi Prezident Xalq qabulxonasiga, 55tasi sayyor qabulda, 384tasi Qabulxonaning veb-sayti orqali va 287tasi tuman Xalq qabulxonasida qabul qilingani haqida maʼlumot berdi. Uşbu murojaatlarning 2810tasi, qanoatlantirilgani, şundan, 1546tasi ijobiy hal qilingani, 1240tasiga huquqiy maslahatlar berilgani, 24tasi uzoq muddatli nazoratga olingani, qolgan 516tasiga oğzaki tuşuntiriş berilgani, 28tasi rad etilgani, 125tasi tugatilgani, 6tasi körmasdan qoldirilgani, 10 tasi maʼlumot uçun qabul qilingani va 260tasi körib çiqiş jarayonida ekanligini aytib ötdi.
Şundan söng, fuqarolar muammolarini örganiş, ularning turmuş tarzini yaxşilaş borasida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot – va kambağallikni qisqartiş masalalari böyiça birinçi örinbosari Kamiljon Aytbayev mahalla fuqarolar bilan yuzma-yuz uçraşib, ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan tanişdi. Qabulga kelgan fuqarolar asosan, soğliqni saqlaş, işga joylaşiş, uy-joy, moddiy yordam, yöllarni taʼmirlaş, toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça murojaat qilişdi.
Qabul jarayonida 20 nafardan ortiq fuqarolarning murojaati tinglanib, atrofliça muhokama qilindi. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, muddat talab etiladigan murojaatlar joyiga çiqib örganilişi yuzasidan körsatmalar berib ötildi hamda aloqador taşkilotlarga murojaatlarning ijrosini tezroq va aniq muddatlarda bajariş yuzasidan körsatma va topşiriqlar berildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶