YaNGI TAHRIRDAGI KONSTITUTsIYa INSON FAROVONLIGI UChUN XIZMAT QILADI
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, oʻn ikkinchi chaqiriq respublika Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida, 1992-yil 8-dekabr kuni birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatilgan. Oʻzbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qoʻyilib, hal qilinadi.
Konstitutsiyada Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda Prezidenti ish olib borishi koʻzda tutilgan boʻlib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga boʻlinadi.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasida davlat oʻz faoliyatini inson hamda jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi.
Oʻzbekiston respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kirdi. Bunga joriy yilning 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan referendum natijasiga koʻra, 11ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos boʻldi. Bu Qonunning yangi tahriri ilova qilingan. Bunga qadar 1992-yildan buyon Konstitutsiyaga jami 15-marta oʻzgartirish kiritilgan edi. Bu safar oʻzgarishlar koʻlami kattaligi sabab, hujjatning yangi tahriri qabul qilindi.Yangilanish natijasida bosh Qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga,undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz rasmiy hujjatlarga koʻra, 65 foizga yangilangan.
Shohista Norimova, 18-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶