Tölqin ovulida hokim va yoşlar uçraşuvi ötkazildi
Mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar köp. Biroq, ularning eng asosiylaridan biri şu yurtda voyaga yetayotgan yuksak maʼnaviyatli, jismonan soğlom, har tomonlama barkamol avloddir. Yoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, muammolarining hal etilişiga yordam beriş şuning uçun ham bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Şu sababli Amudaryo tumanida ham yoşlar iştirokida muntazam ravişda köplab uçraşuvlar, davra suhbatlari, sayyor qabullar ötkazib kelinmoqda.
4-dekabr kuni tumanning Tölqin ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida tuman hokimining yoşlar bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sobir Xöjametov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov, ovul fuqarolar yiğinining masʼul xodimlari hamda ovul yoşlari iştirok etdilar.
Mamlakatimizda yoşlarga bölgan eʼtibor, ösib kelayotgan barkamol avlodga bölgan ğamxörlik davlat siyosati darajasiga kötarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Zero yoşlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar. Şu boisdan ham ularning hayotidagi muammolarini örganiş, hal etiş, intilişlarini qöllab-quvvatlaş keçiktirib bölmaydigan vazifalardan hisoblanadi.
Uçraşuv davomida yoşlar tomonidan turli xil yönalişlarda 22ta murojaat yöllandi. Joyida hal qiliş imkoni bölgan murojaatlar, taklif va taşabbuslar yuzasidan yoşlarning talablari qanoatlantirildi. Atrofliça örganişni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etiş yuzasidan esa Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi hamda aloqador muassasa-taşkilotlar rahbarlariga muddatlar belgilanib, topşiriqlar berildi. Murojaatlar bilan bir qatorda uçraşuvda iştirok etgan yoşlar tuman hokimiga öz takliflarini ham berişdi.
Murojaatlarning aksariyati öqiş uçun kontrakt pullarini qoplab beriş, subsidiya asosida mehnat qurollari oliş, tadbirkorlik qiliş uçun imtiyozli kreditlar oliş hamda dehqonçilik qiliş uçun yer maydonlari ajratiş böyiça böldi.
Şuningdek, Ismoil Örazboyev köçma savdo maydonini auktsionga çiqarib beriş, Şerzod Rajapov hamda Jörabek Sobirovlar safarbarlik çaqiruvi rezervi xarajatlarini qoplab beriş, Muso Yöldoşev esa haydovçilik guvohnomasiga öqiş harajatlarini qoplab berişda amaliy yordam söradi.
Uçraşuvda taşabbuskor va faol yoşlar özlarining kelajak rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqida oçiq-oydin gapirdi. Tumanda yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, ayniqsa, uyuşmagan yoşlar bilan işlaş tizimini işlab çiqiş böyiça atrofliça fikr almaşildi.
Tuman hokimi yoşlarga murojaat qilar ekan, davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan keyingi yillarda yoşlar bilan işlaş böyiça mutlaqo yangi tizim yaratilganligi, yoşlar faoliyatiga doir muhim qaror va farmonlar, qonunlar qabul qilinayotgani va unda yoşlarning ham takliflari örin olayotganligi yoşlarga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning namunasi ekanligini aytib ötdi.
Oçiq va samimiy ruhda ötgan uçraşuvda yoşlarga taalluqli barça dolzarb masalalar keng va tölaqonli qamrab olindi.
Yoşlar bilan ötkazilayotgan uçraşuvlar negizida kelajak avlodning manfaatini taʼminlaş va ertangi yoruğ kunga zamin yaratiş kabi uluğvor maqsad yotadi. Şunday ekan, har bir yoş avlodni qöllab-quvvtlaş, ularga töğri yöl-yöriq körsatiş, hayotda öz örnini topişiga kömaklaşiş asosiy vazifadir.
Tuman hokimi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶