BOŞ QOMUSIMIZDA TAʼLIM-TARBIYa ISTIQBOLI MUSTAHKAMLANGAN
Davlat maktabgaça taʼlim va tarbiyani rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratadi.
Konstitutsiyaning 50-moddasidan.
Kelajagi buyuk davlat, erkin fuqarolik, huquqiy demokratik jamiyat qurişda taʼlim-tarbiya hal qiluvçi ahamiyatga egadir.
Yangilangan Kontitutsiyamizda ham taʼlim-tarbiya masalalariga ustuvorlik berilib, 50-, 51-, 52-, 53-moddalarda ilm-maʼrifatga eʼtibor mustahkam kafolatlab qöyilgan. Uşbu moddalarga muvofiq, maktabgaça taʼlim va tarbiya, umumiy örta taʼlim davlat nazoratidadir.
Asosiy Qonunimizga köra, maktab işlari, maktabgaça taʼlim va tarbiya davlat nazoratida böladi. Taʼlim böyiça alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega bölgan bolalar uçun taʼlim taşkilotlarida inklyuziv taʼlim va tarbiya taşkil etiladi. Davlat isteʼdodli yoşlarning moddiy ahvolidan qatʼiy nazar, taʼlimni davom ettirişini kafolatlaydi. Davlatga qaraşli, xususiy va boşqa şakldagi taʼlim muassasalari hamda taşkilotlarini rivojlantiriş uçun davlat teng şart-şaroitlar yaratadi.
Amudaryo tumanida 52ta davlat, 81ta oilaviy, 4ta davlat-xususiy şeriklik asosidagi, jami 137ta maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyat körsatib kelmoqda. Tumanda maktabgaça tarbiya yoşidagi 3-7 yoşli bolalar 17009 nafarni taşkil qiladigan bölsa, ularning 12456 nafari, yaʼni 73,2 foizi MTTlarga qamrab olingan. Şundan 9651 nafari davlat MTTlarida, 2516 nafari oilaviy nodavlat MTTlarida, 289 nafari 4ta davlat-xususiy şeriklik asosida faoliyat yuritayotgan MTTlarda tarbiyalanmoqda.
Bolaning taʼlim-tarbiyasi qança erta boşlansa, şunça yaxşi samara beradi. Bunda uç, beş va yetti yoşgaça bölgan oraliq bosqiçlar muhim örin tutadi va ularning biri keyingisiga öziga xos zamin tayyorlaydi. Maktabda bolalarning taʼlimni yaxşi özlaştirişi esa köp jihatdan maktabgaça taʼlim taşkilotidagi olgan ilk taʼlim-tarbiyasiga boğliq.
Maktabgaça taʼlim uzluksiz taʼlimning boşlanğiç qismi sifatida bolada bilim olişga könikma hosil qiladi, uni öquv jarayoniga tayyorlab boradi. Ilk va maktabgaça yoşdagi bolalarni rivojlantiriş böyiça davlat talablariga muvofiq va xalqaro standartlar asosida işlab çiqilgan “Ilk qadam” davlat öquv dasturi bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangilangan Konstitutsiyamiz taʼlim-tarbiya jarayonidagi islohotlarni sifat jihatidan yanada yuqori bosqiçga kötarişga xizmat qiladi. Zero, taʼlim tizimiga eʼtibor bölgan joyda rivojlaniş sari qadamlar taşlanaveradi.
Hulkar Bobojonova,
tuman MMTB Davlat-xususiy şeriklik asosidagi
MTTlar faoliyatini taşkil etiş böyiça metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶