12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:49
Iqtisodiyot 👁 11,481

ÇORVA, PARRANDA, KÖÇAT VA URUĞLIK - BANK KREDITI HISOBIGA BERILADI

ÇORVA,  PARRANDA, KÖÇAT VA URUĞLIK -  BANK KREDITI HISOBIGA BERILADI

Oila daromadining muhim manbai

Yurtimizda xalq farovonligini yanada yaxşiliş maqsadida aholining daromad manbalarini oşirişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada aholining şaxsiy tomorqasidan unumli foydalanişi hamda xonadonlarda çorvaçilik va parrandaçilikni yanada rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Boş Vazirining 2015-yil 20-yanvardagi "Aholining şaxsiy yordamçi xöjaliklaridan samarali foydalaniş, ular uçun talab etiladigan moddiy resurslarni yetkazib beriş va moliyalaştiriş işlarini tizimli taşkil etiş yuzasidan amalga oşiriladigan çora-tadbirlar töğrisida”gi topşiriği yuzasidan tumanimizda ham amaliy işlar boşlab yuborildi.

Yuqoridagi topşiriq asosida tuman hokimining qarori qabul qilinib, qaror bilan ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida aholining şaxsiy yordamçi xöjaliklaridan samarali foydalaniş, ular uçun talab etiladigan moddiy resurslarni yetkazib beriş va moliyalaştiriş işlarini tizimli taşkil qiliş böyiça tuman ştabi tarkibi tasdiqlandi hamda bu böyiça belgilangan vazifalar ijrosi monitoringini taşkil etiş va nazoratni olib boriş böyiça ovul va mahalla fuqarolar yiğinlariga masʼullar biriktirilib, bu borada amalga oşiriladigan işlar rejasi tasdiqlandi.

Belgilangan vazifalar ijrosini öz vaqtida taşkil etiş böyiça ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida işçi guruhlar taşkil qilingan bölib, ular tomonidan xonadonlar kesimida aholining şaxsiy yordamçi xöjaliklari xatlovdan ötkazilmoqda.

Mavjud qişloq xöjaligi ekinlari, mevali boğlar, tokzorlar maydonlari, çorva mollari va parrandalar boş soni aniqlanib, dehqonçilik va çorvaçilik mahsulotlarini yetiştiriş uçun uruğliklar, köçatlar, qoramollar, qöy va eçkilar, parrandalar va boşqa zarur moddiy resurslarga bölgan talab aniqlanmoqda.

Işçi guruhlar monitoringi natijalariga köra, tumandagi mavjud 28 mingdan ortiq xonadonlarda 5094 sotixdan ortiq tomorqa yer maydonlari mavjud.

Belgilangan meʼyorlar böyiça uşbu xonadonlarga 79 ming boşdan ortiq parranda, 3200 boşdan ortiq qöy, 560 boş eçki, 200 boş qoramol yetişmasligi hamda şu maqsadlar uçun 4.9 milliard sömdan ortiq bank krediti talab qilinişi aniqlandi.

Bugungi kunda ovul va mahallalarda talab qilinadigan moddiy resurslar böyiça mikrokreditlar ajratiş uçun zarur hujjatlar olinmoqda.

Aholi tomorqasidan unumli foydalaniş hamda şaxsiy yordamçi xöjaliklarni rivojlantirişning moliyaviy asosi

Aytiş joizki, yurtimizda aholi tomorqasidan unumli foydalaniş hamda şaxsiy yordamçi xöjaliklarida parrandaçilik va asalariçilik bilan şuğullaniş uçun mikrokreditlar ajratiş böyiça tizimli ravişda işlar qilinmoqda.

Özbekiston Respublikasi markaziy banki boşqaruvining 2012-yil 10-martdagi qarori bilan "Tijorat banklari tomonidan şaxsiy yordamçi xöjaliklarga qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş uçun mikrokreditlar beriş tartibi töğrisidagi Nizom” tasdiqlangan bölib, uşbu Nizom tijorat banklari tomonidan şaxsiy yordamçi xöjaliklarga qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, şuningdek parrandaçilik va asalariçilikni rivojlantiriş hamda ixçam issiqxonalar taşkil etiş uçun mikrokreditlar beriş tartibini belgilaydi.

Mikrokreditlar qanday şartlar asosida beriladi?

Yuqorida taʼkidlangan maqsadlar uçun mikrokreditlar beriş qaytarişlik, tölovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalaniş şartlari asosida amalga oşiriladi.

Şaxsiy yordamçi xöjalik nima?

Şaxsiy yordamçi xöjalik deganda, şaharça, qişloq, ovullarda yaşovçi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi asosida uy-joy quriş uçun berilgan uçastkalarning bir qismi – tomorqada oila azolarining şaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uçun dehqonçilik va çorvaçilik mahsulotlarini yetiştiriş hamda oila ehtiyojidan ortiqçasini dehqon bozorlarida sotiş bilan şuğullanadigan oilaviy xöjalik tuşuniladi.

Mikrokreditlar qança miqdorda beriladi?

Şaxsiy yordamçi xöjaliklariga qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş uçun eng kam iş haqining 100 baravarigaça bölgan miqdorda mikrokreditlar beriladi (Bugungi kunda eng kam iş haqi miqdori – 118 400 söm, uning 100 baravari esa 11 million 840 ming sömni taşkil etadi).

Mikrokreditlar qança muddatga beriladi? Kreditni qaytariş uçun imtiyozli muddat beriladimi?

Uşbu mikrokreditlar şartnoma asosida qaytariş muddatini uzaytiriş huquqisiz:

- mevali daraxtlar va uzum köçatlari sotib oliş uçun bir yillik imtiyozli davr bilan 3-yilgaça bölgan muddatga;

- uruğliklar, mineral öğitlar va ösimliklarni kimyoviy himoya qiliş vositalarini sotib oliş, ixçam issiqxonalar taşkil etiş hamda parrandaçilik va asalariçilikni rivojlantiriş uçun olti oylik imtiyozli davr bilan 2-yilgaça bölgan muddatga beriladi.

Imtiyozli davr örnatilgan holda berilgan kreditlar böyiça asosiy qarzni tölaş imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boşlanadi.

Imtiyozli davrda faqat kredit böyiça foizlar hisoblanadi va undiriladi. Bunda foizlar qarz oluvçiga kredit böyiça qarzdorlikning amaldagi qoldiğiga kunlik hisoblab boriladi va har oyda bir marta undiriladi.

Mikrokreditlarning foiz stavkasi miqdori qança?

Mikrokreditlardan foydalanganlik uçun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning qayta moliyalaş stavkasi darajasidan yuqori bölmagan miqdorda belgilanadi. Bugungi kunda Markaziy bankning qayta moliyalaş stavkasi 10 foizni taşkil qiladi, mikrokreditlar yillik9 foizlik stavka bilan beriladi.

Mikrokreditlar qaysi tijorat banki tomonidan beriladi?

Şaxsiy yordamçi xöjalik yurituvçi jismoniy şaxslar mikrokredit oliş uçun özlari istiqomat qiladigan joydagi tijorat banklari filiallaridan biriga murojaat qiladilar.

Mikrokredit oliş uçun qanday xujjatlar talab qilinadi?

a) Belgilangan maqsadlar uçun mikrokredit söralgan ariza;

b) mahalla, qişloq, ovul fuqarolar yiğini Kengaşi raisi tomonidan imzolangan, belgilangan tartibda berilgan sanasi va raqami qayd etilgan hamda gerbli muhr bilan tasdiqlangan tavsiyanoma va mikrokredit oluvçi şaxsiy yordamçi xöjalik yurituvçi jismoniy şaxsda tomorqa uçastkasi mavjudligi hamda uning maydoni körsatilgan maʼlumotnoma.

v) kredit oluvçining şaxsini tasdiqlovçi hujjatining nusxasi;

g) mikrokreditlar qaytarilişining taʼminoti sifatida tijorat banki filialiga quyidagi taʼminot turlaridan biri taqdim qilinadi:

- mol-mulk garovi;

- bank yoki suğurta kompaniyasining kafolati;

- uçinçi şaxs kafilligi;

- qarz oluvçi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga suğurta qilinganligi töğrisidagi suğurta polisi.

Tijorat banklarining maʼlumotiga köra, eng kam iş haqining 50 baravarigaça (bugungi kunda 5 million 920 ming söm) bölgan mikrokreditlar uçinçi şaxs kafilligi bilan beriladi. Bunda kafil şaxsning bir yillik iş haqi va unga tenglaştirilgan daromadlari belgilangan meʼyordan kam bölmasligi kerak. Eng kam iş haqining 50 baravaridan ortiq bölgan kredit mablağlari yuqoridagi taʼminot turlaridan biri mavjud bölganda beriladi.

Ariza neça kunlik muddatda körib çiqiladi?

Mikrokredit sörab, belgilangan barça zarur hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza bankka kelib tuşgan kundan boşlab tijorat banki filiali kredit qömitasi tomonidan uç iş kunidan oşmagan muddat içida körib çiqiladi.

Kredit şartnomasi qaçon tuziladi?

Tijorat banki filiali kredit qömitasining mikrokredit beriş töğrisidagi ijobiy qarori qabul qilingan taqdirda, qarz oluvçi bilan kredit şartnomasi tuziladi hamda kreditning taʼminoti sifatida yuqorida sanab ötilgan qarz oluvçi tomonidan taqdim etilayotgan taʼminot turlaridan biri qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylaştiriladi.

Kreditlaş qanday amalga oşiriladi?

Kredit şartnomasi tuzilib, kreditning taʼminotiga oid hujjatlar töliq rasmiylaştirib bölingan kunning ertasidan keçiktirmagan holda tijorat banki tomonidan qarz oluvçiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ssuda hisobvaraği oçiladi.

Mikrokreditlar qarz oluvçining ssuda hisobvarağidan uning tölov topşiriqnomasiga asosan kredit şartnomasida belgilangan maqsadlar uçun tegişli taşkilotlarning bankdagi talab qilib olingunça depozit hisobvarağiga pul ötkaziş yöli bilan amalga oşiriladi.

Mikrokredit hamda unga hisoblangan foizlar qanday usullarda tölanadi?

Şaxsiy yordamçi xöjalik yurituvçi jismoniy şaxs tomonidan mikrokredit hamda unga hisoblangan foizlarni tölaş tijorat banki kassasiga naqd pul topşiriş yoki qarz oluvçining omonat hisobvarağidan pul ötkazib beriş, yoxud bank plastik kartoçkalari orqali amalga oşiriladi.

Mikrokredit mablağlari qaysi taşkilotga ötkazib beriladi?

Şaxsiy yordamçi xöjaliklarga ajratiladigan mikrokredit mablağlari evaziga qişloq xöjaligi mahsulotlari uruğlari, qoramol, parranda, qöy va eçkilar yetkazib beriş uçun tumanimizda "Amu naslli chorva” hamda "Amu meva-sabzavot” agrofirmalari taşkil qilindi.

Tijorat banklari tomonidan ajratilgan mikrokreditlar kredit şartnomasi tuzilganidan keyin bank tomonidan mikrokreditning maqsadiga köra uşbu agrofirmalardan birining hisob raqamiga ötkazib beriladi.

Mikrokredit evaziga xarid qilinadigan çorva mollari va parrandalar haqida maʼlumot:

Ayni kunda "Amu naslli chorva” agrofirmasi tomonidan xorijiy davlatlardan sunʼiy uruğlantirilganiga 4 oy bölgan naslli çorva mollari olib keliş böyiça amaliy işlar qilinmoqda.

Aytiş kerakki, har bir naslli çorva molidan örtaça 15-25 litr sut olinadi. Agar oila aʼzolari ehtiyoji uçun har kuni 5 litr sut işlatilib, qolgan 20 litr sut sotilsa, har oyda oila 600-900 ming söm daromad oladi.

Agrofirma tomonidan parranda xarid qiluvçilarga 1 oylik jöjalar hamda tuxum qöyayotgan tovuqlar taklif qilinmoqda. Şunisi eʼtiborliki, tovuqlar uçun qafas hamda 2 oyga yetadigan yem qöşib beriladi.

Mikrokredit evaziga xarid qilinadigan sabzavot uruği hamda mevali daraxt köçatlari haqida maʼlumot:

"Amu meva-sabzavot” agrofirmasi tomonidan tomorqaga ekiş uçun kartoşka uruği, şuningdek, olma, nok, behi, örik, şaftoli, anor kabi mevali daraxt köçatlari hamda atirgul köçatlari taklif qilinmoqda.

Çorva mollari va parrandalar, sabzavot uruği hamda mevali daraxt köçatlarining narxlari qanday?

"Amu naslli chorva” agrofirmasi tomonidan taklif etilayotgan sunʼiy uruğlantirilgan 1 boş naslli çorva molining narxi – 9 million 500 ming söm. 1 oylik bir dona jöjaning narxi – 4 ming 500 söm. Tuxum qöyadigan bir dona tovuqning narxi esa 25 ming söm.

"Amu meva-sabzavot” agrofirmasi tomonidan taklif etilayotgan 1 kilogramm kartoşka uruğining narxi – 2 ming söm. Bir tup mevali daraxt köçatlarining narxi esa quyidagiça (narxlar mevali daraxt köçatlarining navlariga qarab belgilanadi): olma – 4500-5000 söm, nok – 4500 cöm, behi – 4000 cöm, örik – 4500 söm, şaftoli – 4500cöm, anor – 3000 cöm.

Xulosa

Hurmatli tomorqa egalari!

Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bunday katta imkoniyatdan foydalanib qoling. Tijorat banklarning mikrokreditlari evaziga şaxsiy tomorqangizda meva va sabzavot yetiştiriş hajmini oşirib, oilangizni kafolatli ravişda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlang. Qaramoğingizdagi çorva mollari hamda parranda sonini köpaytirib, ularning naslini yaxşilaş orqali ehtiyojingiz uçun zarur göşt, sut va tuxumni özingiz yetiştirib, oilangiz iqtisodini yaxşilaş imkonini qöldan boy bermang!

Bu bilan siz nafaqat oila aʼzolaringiz ratsional ovqatlanib, uşbu kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oliş uçun ketadigan mablağlarni tejaysiz, balki oilangiz extiyojidan ortib qolgan qismini sotib, daromadingizni oşirasiz va bozorlarimizning yanada tökin bölişiga öz hissangizni qöşasiz.

Mikrokredit oliş istagida bölsangiz, özingiz istiqomat qilayotgan ovul yoki mahalla fuqarolar yiğinlariga murojaat qiling.

Ğ.Yeşniyozovtayyorladi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026