Uruğlik kartoşka yetiştiriş tizimi ustidan qatʼiy nazorat örnatilgan
Mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, içki bozorni sifatli va arzon qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan töldiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, aholining kundalik isteʼmol ratsionida juda muhim örin tutadigan kartoşka yetiştiriş hajmini oşiriş hamda bu borada mustahkam uruğçilik bazasini yaratiş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi Amudaryo tuman bölimi mutaxassislari tomonidan 2026-yil hosili uçun ekilgan uruğlik kartoşka maydonlari ustidan qatʼiy nazorat örnatilgan. Uşbu jarayonlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi “Respublikada kartoşka yetiştirişni köpaytiriş va uruğçiligini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori doirasida tizimli ravişda amalga oşirilmoqda.
Mazkur qarorda qator muhim vazifalar belgilangan. Xususan, uruğlik kartoşka yetiştiriş böyiça köp yillik boy tajribaga ega bölgan subʼektlarni saralab oliş, ularning yagona reyestrini yuritiş, şuningdek, mini-tuganaklarni ekiş orqali yuqori avlodli uruğlik kartoşka yetiştiriş işlari yölga qöyildi. Bundan taşqari, yetiştirilgan yuqori avlodli uruğlikni xarid qiliş, kelgusi yil hosili uçun sifatli saqlaş, ekiş oldidan tozalaş, saralaş, fraktsiyalarga ajratib kalibrlaş, qadoqlaş va raqamli QR kod bilan yorliqlaş kabi zamonaviy usullar amaliyotga tatbiq etilyapti. Isteʼmol kartoşkasi yetiştiruvçi subʼektlarga ham aynan şunday yuqori avlodli uruğliklarni şartnoma asosida yetkazib beriş tizimi yaratildi.
Amudaryo tumani misolida tahlil qiladigan bölsak, hududda 2026-yilgi hosil uçun jami 250 ta fermer xöjaligi tomonidan 300 gektardan ortiq maydonga kartoşka uruği ekilgan. Bu jarayonda qatʼiy talablar asosida tanlovdan muvaffaqiyatli ötgan 18 ta fermer xöjaligi uruğlik kartoşka yetiştiriş huquqini qölga kiritib, 27 gektar maydonda aynan şu yönalişda dehqonçilik qilmoqda. Hozirgi kunda tuman işçi guruhi tomonidan mazkur maydonlarda dala monitoringi ötkazilib, ösimlikning nav tozaligini aniqlaş maqsadida aprobatsiya köriklari izçil olib borilyapti. Inspektsiya xodimlari uşbu köriklarning sifatli, xolis va haqqoniy ötkazilişini kunlik nazoratga olgan.
Sohadagi nazorat işlari faqatgina dala monitoringi bilan çeklanmaydi. In vitro laboratoriyalarida yetiştirilgan mini-tuganaklar va dala şaroitida parvarişlanayotgan yuqori avlodli uruğlik kartoşkaning vegetatsiya davridagi holatini ilmiy kuzatiş, viruslardan xoli ekanligini baholaş kabi yönalişlarda ham keng kölamli işlar qilinmoqda.
Eng asosiysi, 2026-yildan boşlab respublikada ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan va raqamli QR kod bilan yorliqlanmagan har qanday mahalliy hamda xorijiy uruğlik kartoşkaning ekilişiga yöl qöymaslik yuzasidan qatʼiy nazorat örnatiladi. Sifat körsatkiçlarining amaldagi standart talablariga mosligi uçun ilmiy muassasalar va tadbirkorlar qonunçilikda belgilangan tartibda şaxsan javobgar hisoblanadi. Şu bilan birga, ilğor xorijiy tajribalarni keng joriy etiş maqsadida davlat ilmiy muassasalariga çet el korxonalari hamda ularning laboratoriyalari bilan şartnoma asosida hamkorlik qiliş huquqi berildi.
Bir söz bilan aytganda, kartoşka yetiştirişni köpaytiriş va uning uruğçiligini yanada rivojlantiriş böyiça tasdiqlangan çora-tadbirlar dasturi ijrosi Amudaryo tumanida sifatli taşkil qilinmoqda. Uşbu tizimli saʼy-harakatlar yaqin kelajakda dasturxonlarimiz tökinligini va bozorlarimizdagi narx-navo barqarorligini mustahkamlab, xalqimiz farovonligiga xizmat qilişi şubhasizdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶