14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 00:39
Jamiyat 👁 219

Qizilcholi MFY: “Mahalla yettiligi” tizimi amalda ijobiy natija bermoqda

Qizilcholi MFY: “Mahalla yettiligi” tizimi amalda ijobiy natija bermoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Mahalla yettiligi” tizimi aholi muammolarini quyi boʻgʻinda hal etishda oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Amudaryo tumanidagi Qizilcholi mahallasida ham ushbu islohotlar oʻz natijalarini koʻrsatmoqda. Bugungi kunda mazkur hududda 836 ta xonadon va 1275 ta oila mavjud boʻlib, ularda jami 4360 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Mahalladagi oʻzgarishlarni infratuzilmaning yaxshilangani misolida ham yaqqol koʻrish mumkin. Xususan, fuqarolar yigʻini boshchiligida aholining hamjihatligi natijasida mahalla “Tashabbusli byudjet” loyihasida gʻolib boʻlib, hududdagi 1750 metr ichki yoʻllar toʻliq asfalt qilindi.

Hokim yordamchisi tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijasida doimiy daromadga ega boʻlmagan 236 nafar fuqaro aniqlanib, ularning 102 nafari turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 88 nafar fuqaroga jami 120 million soʻmdan ziyod, yana 45 nafar fuqaroga esa 450 million soʻmlik, shuningdek, 5 ta yirik tadbirkorga salkam 360 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Buning natijasida mahallada 22 ta mikro loyiha ishga tushirilib, 6 ta yangi yakka tartibdagi tadbirkor va 2 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat tashkil etildi hamda 12 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Sherzod Oʻrozboyev zamonaviy oʻziga-oʻzi xizmat koʻrsatuvchi avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Shu bilan birga, u parrandachilik yoʻnalishida ham ish boshlab, mingta joʻjani parvarishlamoqda va bu orqali 2 nafar tengdoshining bandligini taʼminladi.

Yoshlar yetakchisi boshchiligida “qizil” toifadagi yoshlar bilan individual ishlash natijasida ularning 4 nafari ishga joylashtirildi, 2 nafariga imtiyozli kredit va 1 nafariga yer maydoni ajratilib, ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashildi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1 nafar talabaning toʻlov-kontrakt pullari toʻlab berildi. Mahalladagi 320 dan ortiq yigit-qiz turli sport va fan toʻgaraklariga jalb etilgan boʻlib, bir nafar nuroniyga 10 nafar yoshni biriktirish tizimi jinoyatchilikning oldini olishda oʻz natijasini bermoqda.

Mahallada yashovchi intiluvchan yoshlardan yana biri Sherzod Tojimuratov hokim yordamchisi koʻmagi bilan 50 million soʻmlik imtiyozli kredit olib, yangi mebel tsexini ishga tushirdi. Natijada, qoʻshimcha 2 ta yangi ish oʻrni yaratilib, yoshlar bandligiga munosib hissa qoʻshildi.

Hududdagi 792 ta xonadondagi 121,5 gektar yer maydonlarida turli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. Oʻzini oʻzi band qilish dasturlari orqali 140 nafar fuqaro rasmiy roʻyxatdan oʻtib, mehnat stajiga ega boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Ishsizlikning oldini olish maqsadida 32 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitilib, 3 nafariga turli faoliyatlar uchun davlat tomonidan subsidiyalar berildi.

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish mahalla xotin-qizlar faolining doimiy diqqat markazida. Mahallada yashovchi ishbilarmon ayollardan biri Malika Yoʻldosheva mahalla hududida non va non mahsulotlari ishlab chiqarish tsexi faoliyatini yoʻlga qoʻyib, aholi dasturxonini issiq non bilan taʼminlab kelmoqda hamda 4 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan band qildi.

Joriy yil boshida 265 ta xonadon uchun individual reja ishlab chiqilib, ehtiyojmand xotin-qizlarga manzilli yordam koʻrsatildi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 29 nafar ishsiz ayolning 17 nafari ish bilan taʼminlandi, 7 nafari esa tikuvchilik kurslarida oʻqitilib, maxsus sertifikatlarga ega boʻldi. Bundan tashqari, 32 nafar ruhiy qoʻllab-quvvatlashga, 1 nafar jarrohlik amaliyotiga muhtoj hamda 57 nafar huquqiy yordam soʻragan ayollarga zarur koʻmaklar berilib, ularning 25 nafariga bevosita yuridik yordam koʻrsatildi. Shuningdek, 1 nafar ayolga 10 million soʻm kredit berilib, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashildi.

Mahallada ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlari, jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar va yolgʻiz keksalarga tizimli yordam koʻrsatib kelinmoqda. Xususan, 2 nafar fuqaroning nogironligini belgilash boʻyicha tibbiy koʻriklar tashkil etildi, xasta fuqarolarga 1 ta nogironlik aravachasi, 1 ta hassa va koʻzi ojizlar uchun 1 ta maxsus tayoq yetkazib berildi. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj 3 nafar yolgʻiz keksaga assistentlar biriktirilib, ularning kundalik yumushlarida doimiy koʻmak berilmoqda.

Moddiy yordam yoʻnalishida 60 ta kam taʼminlangan oilaga bolalar nafaqasi, 2 ta oilaga boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlandi. Ayollar jamgʻarmasi hisobidan 19 nafar ehtiyojmand ayolga 1 million 360 ming soʻmdan, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi bor 19 nafar onaga esa bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari miqdorida 1-martalik moddiy yordam pullari ajratildi. Shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 2 nafar ayolga masʼullar tomonidan psixologik va yuridik maslahatlar berildi. Ota-onasi chet elga ishlash uchun ketgan 2 ta oiladagi bolalarga vasiylik tayinlash choralari koʻrildi.

Hududdagi 12 ta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchasi mahallaning asosiy iqtisodiy oʻsish drayveri sifatida xizmat qilmoqda. Soliq xodimi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida mol-mulk va yer soliqlaridan salkam 380 million soʻm mablagʻ undirilib, mahalla byudjetiga tushgan 10 foiz mablagʻ hudud infratuzilmasini yaxshilashga yoʻnaltirildi.

Profilaktika inspektorining saʼy-harakatlari va jamoatchilik vakillarining hamkorligi natijasida joriy yilning birinchi yarmi davomida mahalla hududida birorta ham jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi.

Xulosa qilib aytganda, Qizilcholi mahallasida faoliyat yuritayotgan “yettilik” vakillari xalq bilan davlat oʻrtasidagi mustahkam koʻprikka aylanib, fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishi, hududning har tomonlama rivojlanishi yoʻlida samarali xizmat qilmoqdalar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019