28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:58
Siyosat 👁 328

Joʻqorgʻi Kengesdagi OʻzXDP fraktsiyasi va mazkur partiyaning Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi deputatlik guruhi qoʻshma majlis oʻtkazdi

Joʻqorgʻi Kengesdagi OʻzXDP fraktsiyasi va mazkur partiyaning Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi deputatlik guruhi qoʻshma majlis oʻtkazdi

Joriy yilning 20-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.

Qoʻshma majlis kun tartibidagi “Sogʻliqni saqlash tizimi tomonidan koʻrsatilayotgan barcha turdagi tibbiy xizmatlar sifati toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi oʻrinbosarining axboroti tinglandi.

Axborotda qayd etilishicha, bugungi kunga qadar tumanda jami 91 nafar shifokor, 328 nafar oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat 91 ta tibbiyot brigadalari faoliyat olib bormoqda.

2023-yilning oʻtgan 10 oy davomida tuman boʻyicha milliy dasturga asosan 29 ming 639 nafar bolalarda emlash tadbirlari amalga oshirilgan. 73 ming 114 bolalar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

Tumanda tugʻish yoshidagi 52 ming 821 nafar ayol-qizlar boʻlib, ular 100 foiz tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 30 ming 900 nafarida ekstragenital kasalliklar aniqlangan. Shulardan 2 ming 436 nafari statsionar, 22 ming 428 nafari ambulatoriya sharoitida sogʻlomlashtirilgan.

Reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalar salomatligini tiklash uchun 119 ming 340ta tabletka multivitamin dori vositalari va 67 ming 590ta tabletka temir preparatlari bilan bepul tarqatilgan, shundan 11 ming 726 nafari MTT tarbiyalanuvchilari, 18 ming 805 nafari esa uyda tarbiyalanayotgan bolalardir. Homilador ayollarga esa 77 ming 270 dona, emizikli ayollarga 51 ming 198 dona antistrumin tabletkasi berilgan.

Tumanda 6 va 23 oylik bolalar 7 ming 518 nafarni tashkil qiladi, 1- va 2-bosqichda ularning 2 ming 305 nafari mikronutriyent kukuni bilan qamrab olingan. 2-10 yoshdagi 39 ming 290 boladan 9 ming 244 nafar bola gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar qabul qilgan va bu jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligining 2023-yil 22-sentyabrdagi koʻrsatma xatiga asosan ayni paytda vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Skrining tekshiruvdan oʻtkazilishi rejalashtirilgan 2-10 yoshli bolalarning 16 ming 264 nafari gelmintozga tekshirilgan, 2023-yil 10 ming 480 bolaga albendazol dori vositasi ichirilgan. Gelmintozga skriningdan oʻtkazilgan 2-10 yoshli bolalarning 16 nafarida lyambliya, ostritsa, askarida va boshqa parazitlar aniqlangan.

3-15 yoshdagi 50650 nafar bola yod preparati bilan qamrab olingan va bolalar salomatligi mavzularida 167 ta maʼruza, 241 ta davra suhbati va uchrashuvlar oʻtkazilgan, Ijtimoiy tarmoqlarda 231-marta qisqa matnli rolik va maqolalar yoritilgan.

40 va undan katta yoshdagi aholini qandli diabet, yurak-qon tomir kasalligining xavf omillarini aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvi bilan qamrab olish dasturi asosida 9 oy davomida 40 va undan yuqori yoshdagi aholining 45102 nafari yuqumli boʻlmagan kasalliklarga skriningdan oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, shu kungacha 44412 nafari yuqumli boʻlmagan kasalliklarga skriningdan oʻtkazilgan, 623 nafarida yurak-qon tomir tizimi kasalligi, 890 nafarining qon tahlilida glyukoza miqdori balandligi aniqlangan.

2023-yilda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari reja asosida olib borilgan, rejadagi 168 ming 424 nafar aholidan 166 ming 521 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ulardan 55 ming 781 nafarida kasallik aniqlangan. Ularning 51 ming 55 nafari ambulator, 4 ming 481 nafari statsionar, 245 nafari sanatoriya-kurortlar sharoitida muolaja olishgan.

“Qishloq shifokori” dasturi doirasida olis va chekka Nazarxon ovuli hududidagi Berdaq oilaviy shifokorlik punktida ishlayotgan shifokorlarga dastur doirasida oylik ish haqiga har oyda qoʻshimcha haq toʻlanib kelinmoqda.

91 nafar umumiy amaliyot shifokori va 328 nafar oʻrta tibbiyot xodimi, shundan 212 nafar patronaj hamshiralar tomonidan bolalarda uchrashi mumkin boʻlgan 13 tur yuqumli kasalliklarining oldini olish boʻyicha ehtiyotdan emlash muolajalari kalendar reja asosida haftaning belgilangan kunlari tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi bilan birgalikda olib borilmoqda.

Qoʻshma majlisda Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama etilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

Majlis yakunida vazifalar belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026