1-SONLI MAKTABDA “ASSALOM, YaNGI YIL!” DEB NOMLANGAN BAYRAM TADBIRI ÖTKAZILDI
Vaqt yugurik, şiddatli. Hademay 2023-yil ham tarixga aylanadi. Ötayotgan har daqiqalar bizni yangi – 2024-yilga yaqinlaştirmoqda.
Yangi yil şukuhi bois yakunlanayotgan yil umrimizning bir bölagini olib ketayotganini ham his qilmaymiz. Boisi bu bayramni barçamiz intiqlik bilan kutamiz. Mazkur bayram bolaligimizdan möʼjizalar olib keluvçi, yangi quvonçlar, orzularga yetaklaydigan kun sifatida xotiramizda qolgan.
Bayram arafasida Manğit şahridagi 1-sonli maktabda ötkazilgan “Assalom, Yangi yil” deb nomlangan bayram tadbiri ham öquvçilarni çeksiz şodliklarga beladi.
Maktab faollar zalida bölib ötgan tadbirga maktab direktori, örinbosarlari, öqituvçilar, öquvçilar, ota-onalar vakillari iştirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori Dilrabo Şerboyeva oçdi va barçani yaqinlaşib kelayotgan bayram bilan qutladi. Şuningdek, maktab badiiy havaskorlari ijrosida ingliz tili fani öqituvçilari rahbarligida tayyorlangan musiqiy–madaniy tadbirni tomoşa qilişga taklif etdi.
Bayramona bezatilgan maktab faollar zaliga yiğilganlar mahobatli arça oldiga çiqib kelgan uç nafar boşlovçi öquvçilarni qarsaklar bilan kutib oldilar. Ular avvalo barçani ona tilimizda hamda rus, ingliz tillarida yangi yil bilan qutladilar. Şuningdek, yangi yil bayramining kelib çiqiş tarixi, turli mamlakatlarda turliça nişonlanişi haqida batafsil maʼlumotlar berib ötdilar.
Taʼkidlanganidek, Yangi yil turli mamlakatlarda, turli sanalarda, turli tarzda nişonlanadi. Xususan, Italiyada bu bayram 6-yanvardan boşlanadi va anʼanaga köra, şu kuni barça eski narsalar derazadan köçaga uloqtiriladi. Kolumbiyada mazkur bayram masxaraboz-u ertaklar qahramonlari iştirokidagi karnaval bilan boşlanadi. Papa Paskual (Qorbobo) şahar böylab sayr qilib, barçani bayram bilan qutlaydi. Yaponiyada esa Yangi yilda yaqinlarga sovğa sifatida belkurak taqdim etiladi. Bolalar esa albatta, yangi kiyim kiyişadi.
Ha, Yangi yilni nişonlaş bilan boğliq urf-odatlar, anʼanalar turliça. Lekin butun oila jam bölib, tökin dasturxon atrofida, bir-birovga eng yaxşi tilaklarni izhor etib, yangi yilni nişonlaşga heç narsa teng kelmaydi. Bayram munosabati bilan umumtaʼlim, maktablarida ötkaziladigan tadbirlar, Qorbobo, Qorqiz taşrifi, şodon öyin kulgular bolajonlarga öçmas taassurotlar hadya etadi.
Ha, bu “Assalom, Yangi yil” deb nomlangan tadbirda ham yaqqol namoyon böldi. Maktab öquvçilarining tayyorlagan maxsus musiqiy dasturidan örin olgan har bir qöşiq, raqs, ifodali öqilgan şeʼrlar tomoşabinlarga juda manzur böldi. Ayniqsa öquvçilar çorlovi bilan kirib kelgan Qorbobo va Qorqiz taşrifi öquvçilar şodligiga şodlik qöşdi, ular bilan jörovoz bölib kuylangan şeʼrlar, qöşiq, raqslar avji juda baland böldi. Şuningdek, özbek adabiyotining taniqli vakili Said Ahmad asari asosida tayyorlangan sahna körinişi öquvçilarning ijodiy qobiliyatini ham yuzaga çiqardi.
Tadbir barçada ulkan taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶