NAZARXONLIK AYoL-QIZLAR IŞTIROKIDA “YaNGI ÖZBEKISTONNING BAXTLI AYoLLARIMIZ!” MAVZUSIDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR BÖLIB ÖTDI
Nazarxon OFY masʼullari tomonidan ayol-qizlarga, yoş bolalarga nisbatan zöravonlikka qarşi kuraşiş, ovul fuqarolarining öz konstitutsiyaviy huquqlaridan samarali foydalanişlarini taʼminlaş maqsadida hudud aholisi iştirokida huquqiy mavzulardagi davra suhbatlari, masʼul mutaxassislar iştirokidagi tarğibot-taşviqot tadbirlarini ötkazişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Xususan, Konstitutsiyamiz qabul qilingan sana – 8-dekabr arafasida, şuningdek, xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan ötkazilgan “Yangi Özbekistonning baxtiyor ayol-qizlarimiz” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv tadbiriga ovulning turli yoş toifasidagi ayol-qizlar vakillari töliq qamrab olinib, ular bilan samimiy va oşkora suhbatlar ötkazildi.
Mazkur tadbirda Amudaryo tuman oila va xotin-qizlar bölimi boşliği G.Saburova, xotin-qizlarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo namunali tumanlararo Markazi direktori G.Çimboyçiyeva, Nazarxon OFY xotin-qizlar faoli G.Ibragimova, şuningdek, hududdagi umumtaʼlim maktablarining amaliyotçi-psixologlari A.Bekmuratova, D.Aynazarova hamda köça boşçi ayollar, pedagoglar, ovuldagi yoş kelinlar iştirok etişdi.
Ayol baxtli bölsa, oila muhiti soğlom, tinç va osoyişta böladi. Oila tinç bölsa, jamiyatda taraqqiyot, baxtiyorlik hukm suradi. Şu bois, yoşlar örtasidagi bir-biriga moyillik, sevgi-muhabbatdan taşqari, yuksak aql-idrok, maʼnaviy yetuklik ham talab etiladi. Buni turmuş, deydilar, turmuşning baʼzan “muşt”lari ham bölişini yoşlarimiz bilişlari, bunday sinovlarga tayyor turişlari kerak. Sababi, oila hayoti doimo bir tekis, ravon keçmaydi, yetar-yetmaslik, baʼzan ğam-taşkiş soya solişi mumkin. Bunday paytlarda oila bekalari bölgan ayollarimizda sabr-toqat, oila aʼzolari bilan oğzibirçilik, özaro hurmat-eʼtibor xislatlari bölişi muhim ahamiyatga ega. Ana şunda heç bir oilada bir-birini kamsitiş, farzand va ota-onalar örtasida tuşunmovçilik, hurmatsizlik kabi salbiy holatlar bölmaydi va oila albatta baxtli hayot keçiradi.
Erkak ayolga qaçon qöl kötaradi? Ayoli tilini tiymaganda, erining nafsoniyatiga tegadigan nojöya gap aytganida yoki kaysidir maʼnoda erini mensimaganida!
Bölib ötgan muloqotlarda nazarxonlik onaxonlar va tadbir mehmonlari bu kabi masalalarda özlarining hamfikr ekanliklarini yoş kelinlarga bergan maslahat va ögitlari orqali ifoda etdilar.
Şuningdek, tadbirda ovul fuqarolaridan A.Rametova, Z.Tayirova, U.Durdiboyevalar özlarini qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan masʼullarga murojaat qildilar.
Nazarxonlik ayollarning murojaatlariga Amudaryo tuman oila va xotin-qizlar bölimi boşliği G.Soburova hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Ayollarni reabilitatsiya qiliş Amudaryo namunali tumanlararo Markazi direktori G.Çimboyçiyevalar batafsil javoblar berişdi.
“Yangi Özbekistonning baxtli ayol-qizlarimiz” mavzusida ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir nazarxonlik ayol-qizlar uçun oila mustahkamligini taʼminlaş, zöravonlikning har qanday körinişidan saqlaniş borasida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tazaxon Qdirniyazova, 3-sonli maktab kutubxonaçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶