KELAJAK BUNYoDKORI, YuRT TAYaNÇI BÖLIŞNI MAQSAD QILGAN QANGLILIK YoŞLAR
Yoşlar – yurtimiz kelajagi, millat va jamiyat tayançi, ertangi kunimizning davomçilaridir. Mamlakatimizda yoşlar siyosati borasida olib borilayotgan işlarning mazmun-mohiyati ham ularning taʼlim-tarbiya olişlari, odob-axloqli va soğlom, yuksak maʼnaviyatli, har tomonlama salohiyatga ega kasb egalari bölişlariga qaratilgan. Ularning yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qöşa oladigan barkamol avlod bölib voyaga yetişlari uçun barça şart-şaroitlar, yetarli imkoniyatlar yaratilgan.
Yurtimizda yoşlar uçun yaratilgan şart-şaroitlardan foydalanib, yutuqlarga erişayotgan, çuqur bilim olişga, hunar örganişga intilayotgan, bilimli va maʼnaviyatli, tafakkuri va dunyoqaraşi keng yoşlar talaygina. Amudaryo tumanida ham ana şunday intiluvçan, öz iqtidori, zakovati bilan tumanimizni dunyoga tanitayotgan yoşlar köpçilikni taşkil qiladi.
Amudaryo tumanidagi “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” nomli grant loyihasini amalga oşiriş orqali mana şunday yurtga munosib, komil insonlar bölib voyaga yetayotgan yoşlarni tengdoşlariga namuna, örnak qilib körsatiş orqali ularning safini yanada kengaytiriş maqsad qilingan.
Grant loyihasi iş rejasiga muvofiq ayni paytda Qangli ovulidagi 29-sonli maktabda tahsil olib, kelajakda yetuk insonlar, kelajak bunyodkorlari, yurt tayançi bölişni maqsad qilib, aʼlo baholarga öqiyotgan öquvçilar haqida lavha tayyorlaş uçun taʼlim maskaniga taşrif buyurdik.
4-sektor hududida joylaşgan uşbu maktab 330-öringa möljallangan bölib, hozirgi kunda 405 nafar öquvçiga 46 nafar öqituvçi tomonidan taʼlim-tarbiya berilmoqda. Maktab binosi 2008-yilda yangidan qurilgan bölib, öquvçilarning sifatli taʼlim olişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Öquv muassasasida fan kabinetlari, informatika fani xonasi, faollar va sport zallari, oşxona mavjud. Taʼlim samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilayotgan uşbu taʼlim maskanini ötgan öquv yilida bitirgan 14 nafar bitiruvçi öquvçilardan 10 nafari oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirişga muvaffaq bölişdi va maktab 93,3 foiz bilan yaşil toifaga kiritildi.
Maktabning aʼloçi öquvçilaridan biri bölgan Madina Kuşmuradova hozir 9-sinfda tahsil olmoqda. Matar yop mahallasida 2009-yilda tuğilgan Madina oilada katta farzand. Ota-onasi farzandlarining komil insonlar bölib voyaga yetişlari uçun alohida eʼtibor qaratişganidan Madinaning bilim olişga qiziqişi katta. Hozir u fanlarni yaxşi özlaştiriş bilan birga rus va ingliz tillarini mustaqil örganmoqda. Şu bilan birga matematika, ingliz tili, biologiya, ximiya fanlaridan maktabda taşkil etilgan tögaraklarga qatnaşmoqda.
Madina 2022-2023 öquv yilida Al-Xorazmiy olimpiadasida tuman bosqiçida biologiya fanidan qatnaşib, 1-örinni egallaşga muvaffaq böldi. Uşbu olimpiadaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ham muvaffaqiyatli iştirok etib, öz iqtidorini sinovdan ötkazdi. Ötgan 2023-2024 öquv yilida ham biologiya fanidan olimpiadaning tuman bosqiçida faxrli 1-örinni egalladi va Qoraqalpoğiston bosqiçida qatnaşdi.
Şu maktabning 10-sinf öquvçisi Mohinur Şomurodova ham faol va bilimdon öquvçilardan biri. Qangli ovulida ziyoli oilada tuğilgan Mohinurning ota-onasi taʼlim sohasida faoliyat körsatişadi. Yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga öz hissalarini qöşib kelayotgan bu fidoyi insonlar oilada farzandlarining çuqur bilim olişlariga, kitobxonlikka qiziqtirişgani samarali natijalar bermoqda.
Barça fanlarni çuqur özlaştirişga, bilim asoslarini mukammal bilib olişga intilayotgan Mohinur maktabda matematika, ingliz tili, biologiya fanlaridan tögaraklariga qatnaşadi. U 2022-2023 öquv yilida Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida biologiya fanidan 3-örinni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etdi. Joriy 2023-2024 öquv yilida ham biologiya fanidan tuman bosqiçida faxrli 2-örinni egalladi va Qoraqalpoğiston bosqiçida öz bilimini sinovdan ötkazdi. Şuningdek, tumanimizda bölib ötgan “Zakovat” intellektual öyinida faol iştirok etib, bilimdonligi, zukkoligi bilan eʼtibor qozondi. Jamoa uşbu öyinda 1-örinni egallab, tuman ğolibi böldi va Qoraqalpoğiston Respublikasida eng kuçli 10 ta jamoa qatoridan joy oldi.
Maktabning 11-sinf öquvçisi Jahongir Yendirboyev ham aʼlo baholarga öqib, faolligi bilan tengdoşlariga namuna bölib kelmoqda. Oilada kitobxonlikka va ilm olişga eʼtibor kuçli bölgani sababli Jahongirning opalari hozirgi kunda oliy taʼlim muassasalarida tahsil olişmoqda.
Biri Nukus davlat pedagogika instituti, biri Nukus davlat tibbiyot instituti talabalari bölgan opalariga havas qilgan Jahongir ham oliygohda tahsilni davom ettirişni maqsad qilgan. Uşbu ezgu maqsadini röyobga çiqariş uçun darslardan taşqari paytda matematika, tarix, ingliz tili va informatika tögaraklarida öz bilimini oşirmoqda. U 2023-2024 öquv yilida Fanlar olimpiadasida informatika fanidan tumanda faxrli 3-örinni egalladi. Undan taşqari, “Zakovat” intellektual öyinida tumanda 1-örinni egallab Qoraqalpoğiston Respublikasida ham iştirok etdi va eng kuçli 10 ta jamoa qatoridan joy oldi.
Maktabning faol öquvçilaridan biri bölgan Sevinç Sultonmurodova ham bobosi Sultonmurod Avezimbetov kabi öqituvçi bölişni maqsad qilgan. Barça fanlarni aʼlo darajada özlaştirib kelayotgani, darslarda va jamoat işlarida faol bölgani uçun uni öqituvçilari doim barçaga örnak qilib körsatadi. Sevinçoy, ayniqsa, matematika, fizika va geografiya fanlariga juda qiziqadi va uşbu fanlardan tögaraklarga qatnaşadi. Öz iqtidorini sinab 2023-2024 öquv yilida Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida matematika fanidan qatnaşdi va faxrli 2-örinni egalladi.
Yoşlar – kelajak bunyodkori, ertangi kunimiz egalaridir. Şu bois, yurtimizda yoşlar taʼlim-tarbiyasi, ularning hayotda barkamol şaxs sifatida kamol topişi uçun zarur şart-şaroit va imkoniyatlar yaratilgan. Qanglilik yoşlar ham kelajak bunyodkori, yurt tayançi bölişni, kelgusida mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qöşişni maqsad qilib, maktabda ustozlaridan ilm sirlarini mukammal örganişga intilişmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶