GRANT LOYIHASI DOIRASIDA ÖTKAZILGAN “KITOB – MAʼNAVIYaT SARÇAŞMASI” MAVZUSIDAGI MAQOLALAR TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” nomli grant loyihasi doirasida tuman hududida yoşlar örtasida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilmoqda. Loyiha iş rejasiga köra yaqinda ötkazila boşlagan yozuvçi-şoirlar, tajribali pedagoglar bilan uçraşuv va davra suhbatlari, “Kitoblar karvoni”, “Farzandimga kitob sovğa qilaman” aktsiyalari, kitobxon yoşlar töğrisidagi telelavhalar va boşqa tadbirlarda yoşlar faol iştirok etişmoqda.
Ötgan yilning dekabr oyida grant loyihasi doirasida yoşlar örtasida “Kitob – maʼnaviyat sarçaşmasi” mavzusida maqolalar tanlovi ötkazilişi eʼlon qilingan edi. Tanlovda tumanimizning barça hududlaridagi adabiyot ixlosmandlari, kitobxon yoşlar qatnaşib, öz maqolalarini tahririyatga taqdim etdilar. Yoşlar qalamiga manub maqolalarda kitob va kitobxonlikning ahamiyati, sevgan yozuvçi-şoirlari va badiiy asarlar, ulardagi qahramonlar, turli obrazlar, mutolaa qiliş davomidagi taassurotlari aks etgan. Şuningdek, kitoblarning inson hayotida tutgan örni haqida öz fikrlarini bildirişgan.
Uşbu tanlovga kelgan maqolalar tahririyat ijodiy jamoasidan iborat bölgan hakamlar tomonidan körib çiqildi va tuman ixtisoslaştirilgan maktabining 8-sinf öquvçisi Diana Sarsenboyeva 1-örin, Özbekiston Davlat Madaniyat institutining Nukus filiali kutubxonaçilik yönalişi talabasi Şohida Ollaberganova 2-örin, 13-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Nafosat Yangiboyeva ham 2-örin, şu maktabning 11-sinf öquvçisi Adolat Örozboyeva esa 3-örin ğoliblari deb topildilar.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” nomli grant loyihasi doirasida yoşlar örtasida “Kitob – maʼnaviyat sarçaşmasi” mavzusida ötkazilgan maqolalar tanlovi ğoliblariga faxriy yorliq va sovğalar topşirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶