KITOB – MAʼNAVIYaT SARÇAŞMASI
Kitob insonning eng yaqin dösti va eng yaxşi yöldoşidir. U donolik va bilim manbaidir. Kitob men uçun haqiqiy xazina kaliti va tafakkur sarçaşmasi. Şu bois menda kitobga muhabbat va uni öqişga iştiyoq kuçli. Menimça, insonning maʼnaviyati va fikrlaşi öqigan kitoblari orqali yuksaladi. Ilmni çuqur egallaşning eng yaxşi yöli – kitob öqişdir. “Kitob – bilim manbai”, deydi dono xalqimiz. Bu gap isbot talab qilmas haqiqatdir, çunki inson har qanday hayotiy bilimni asosan kitobdan oladi.
Badiiy asar yoki jahon adabiyotini öqigan insonning dunyoqaraşi va hayotga munosabati özgaradi, boşqaça köz bilan qaray boşlaydi. Alişer Navoiy bobomiz deydilarki: “Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalişga erişişning eng asosiy manbaidir”. Darhaqiqat, barça bilimlar, maʼnaviy boyliklar kitobda mujassam.
Men Zulfiya Möminovaning şeʼrlarini, ayniqsa, “Bolaga kitob bering” şeʼrini juda sevib öqiyman.
Bola oqquş, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar,
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering.
Bu şeʼr mening sevimli şeʼrlarim sirasiga kiradi. Har safar şu misralarni öqiganimda kitob insonni özgartira olişi rost ekanligini tuşunib yetaman.
Men bir insonni bilardim. U ğirt dangasa, hayotga befarq, heç kimning gapini quloğiga olmaydigan kimsa edi. Kunlardan bir kun unga Tohir Malikning “Alvido, bolalik” asarini sovğa qilgan edim. Kitobni öqib çiqqanidan keyin u birdan özgardi. Şundan söng, badiiy asarlar öqişga juda qiziqa boşladi va böş vaqtini kitob öqiş bilan ötkazadigan böldi.
Kitobni köp öqigan odam odobli, samimiy va töğrisöz böladi, qinğir va yomon işlarga qöl urmaydi. Hayotda töğri yöl tanlaşni biladi. Şu sababli ota-onalarning öz farzandlariga kitob sovğa qilişlarini istar edim. Özim ham yaqin döstlarimga köpinça kitob sovğa qilaman.
Sönggi yillarda yoşlar örtasida kitobxonlikni tarğib qilişga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Çunki millatning yorqin kelajagi yuksak maʼnaviyatli avlod tarbiyasi bilan boğliqdir. Şu maqsadda taʼlim muassasalarida kitobxon yoşlar bilan işlaş, turli kitobxonlik tadbirlarini taşkil etiş yölga qöyilgan.
Bizning maktabimizda ham “Yoş kitobxon” tögaragi faoliyat yuritmoqda. Tögarak aʼzolari köplab taşkiliy işlarni amalga oşirmoqdalar. Jumladan, öquv yilining birinçi çoragida oldindan belgilab berilgan kitoblar tahlili, ikkinçi çorakda esa badiiy asarlar böyiça zakovat öyini ötkazildi. Hozirda ham 6-sinf öquvçilariga “Sariq devni minib”, 7-sinf öquvçilariga “Şum bola”, 8-sinf öquvçilariga “Mehrobdan çayon”, 9-sinf öquvçilariga “Çinor”, “Ötgan kunlar”, 10-sinf öquvçilariga “Asrga tatigulik kun” asarlarini öqib çiqiş topşiriq qilib berilgan. Maktabimizda darslardan keyin ham öquvçilarning, tengdoşlarimning qöllarida badiiy kitoblarni körib, juda xursand bölaman.
Yoşlarni kitob öqişga qiziqtiriş nafaqat öqituvçilar, balki ota-onalar ham öz farzandlarini böş vaqtlarida kitob öqişga qiziqtirib borişlari kerak.
Zulfiya Möminova yozgan satrlardagi:
Qinğir yölga kirmasdan,
Peşonaga urmasdan,
Kimdir piçoq bermasdan,
Bolaga kitob bering – degan jumlalar ham hammamizni yana bir bor ogohlikka çaqirayotganday göyo.
Kitobni behudaga maʼnaviyat sarçaşmasi, deyişmaydi. Kitobning hayotimizdagi örni beqiyos. Şuning uçun barça tengdoşlarimni, özim kabi yoşlarni kitoblar bilan oşno bölişga çaqirib qolaman.
Diana Sarsenboyeva, Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabining 8-sinf öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶