28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:12
Fan va taʼlim 👁 292

AL-XORAZMIY OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

AL-XORAZMIY OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Amudaryo tumanida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

27-yanvar kuni 76-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosida boʻlib oʻtgan mazkur olimpiadaga tumanimizdagi 85 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jami 300 nafarga yaqin 7-8-sinf oʻquvchilari qatnashdilar.

Olimpiadaning ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan Fan olimpiadasi boʻyicha Iqtidorli bolalar bilan ishlash sektor boshligʻi Zohida Usenova, Fan olimpiadasi boʻyicha Iqtidorli bolalar bilan ishlash sektor metodisti Fazilat Zarifova, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shomurodov, Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi rahbari Ibragim Rajabov, metodistlar Habibulla Davletyarov, Rayhon Yakubova hamda olimpiada auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar, hakamlar ishtirok etdilar.

Ochilish marosimida Zohida Usenova Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Yalgʻashboy Shomurodov olimpiadani oʻtkazish tartib-qoidalarini tushuntirdi.

Taʼkidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini joriy qilish va xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash toʻgʻrisida”gi 562-sonli qarorida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻquvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini taʼminlash belgilangan. Qarorda keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash va oʻquvchilarni quyi sinflardan boshlab, fan olimpiadalariga tayyorlab borish maqsadida 7-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasini oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan.

Shundan soʻng, auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar ishtirokida belgilangan xonalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan taqdim qilingan topshiriqlarni berish jarayoni boshlandi. Olimpiadada oʻz bilimini sinovdan oʻtkazish maqsadida tashrif buyurgan oʻquvchilarga matematika fanidan 36 ta savoldan iborat boʻlgan, shuningdek, tabiiy fanlardan kimyo, biologiya, fizika fanlaridan har biridan 12 tadan 36 savoldan iborat boʻlgan topshiriq va javoblar varaqasi topshirildi.

Olimpiada topshiriqlarini yechish uchun ishtirokchilarga nizom talabi boʻyicha 2 soat vaqt berildi. Belgilangan vaqtdan keyin auditoriya rahbari tomonidan ishtirokchilar javob varaqalari raqamlashtirilgan holda hakamlarga taqdim qilindi.

Natijalarga koʻra matematika yoʻnalishidan 22-, 40-, 56-, 31-sonli maktab oʻquvchilari, tabiiy fanlar yoʻnalishidan 39-, 16-, 40-, 11-sonli maktab oʻquvchilari sovrinli oʻrinlarni egallab, Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma oldilar.

Sovrinli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan tayyorlangan diplom bilan taqdirlandilar.

Bu kabi olimpiadalar oʻquvchilar orasidan matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha bilimli, ushbu fanga qiziquvchi, intiluvchan va ijodkor yoshlarni aniqlash hamda ulardagi ijodiy qobiliyatlarni roʻyobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026