11-SONLI MAKTABDA “BIZ NAVOIY AVLODLARIMIZ” MAVZUSIDA TEATRLAŞTIRILGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Jannatmakon Özbekistonimizda fevral oyi adabiy-badiiy tadbirlarga boy, çinakkam adabiyot bayrami sifatida har bir qalbga maʼnaviyat nurlarini olib kiradi göyo. Fevralning ilk kunlaridanoq Navoiyxonlik keçalari Boburxonlik va ğazalxonlik tadbirlariga ulanib ketadi. Ayniqsa, 9-fevral – Alişer Navoiy tavalludi arafasidagi bayramona tadbirlar butun xalqimizni qamrab oladi. Şoirning betakror lirikasi sehridan qalblar ziynatlanadi, maʼnan tozaradi.
Ana şunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri Qipçoq ŞFY hududidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida ham bölib ötdi.
“Biz buyuklar avlodimiz” şiori ostida ötkazilgan teatrlaştirilgan tadbirda maktab pedagogika jamoasi, öquvçi-yoşlar iştirok etişdi. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Qunduzoy Xolmurodova oçdi va barçani uluğ bobokalonimiz tavalludining 583 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Şu bilan birga buyuk davlat va jamoat arbobi, özbek tili va adabiyotining rivojiga juda katta hissa qöşgan, turkiy xalqlar adabiyotida yuksak maqomga ega mutafakkir şoir Alişer Navoiyning asrlar oşa adabiyot ixlosmandlarini, dunyo xalqlarini öziga maftun etib kelayotgan ölmas asarlarining badiiy qimmati, yoşlar taʼlim-tarbiyasida tutgan örni xususida batafsil söz yuritib, Navoiy dahosiga hurmat-ehtirom – bu milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga çeksiz hurmat va ehtirom ekanligini taʼkidladi.
Tadbir davomida maktabning 7-, 8-, 9-sinflar öquvçilari Alişer Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati yuzasidan qimmatli maʼlumotlarni berdilar, Navoiy ğazallarini yoddan, ifodali öqib bergan 7- va 9-sinf öquvçilaridan keyin sahnada “Xamsa” dostonining tavsifi jarangladi. 9-Bsinf qizlari “Xamsa”da jo bölgan har bir dostonga aslohida taʼrif va tavsif berdilar va Guli monologini maromiga yetkazib ijro etdilar.
Şundan söng,7-B sinf öquvçi-qizlari şoir qitʼalarini ifodali öqişib, tadbir iştirokçilarini Navoiy asarlaridagi hikmatlar xazinasidan bahramand etdilar.
Tadbirning musiqiy qismi qalblarga yanada zavqli, hayajonli lahzalarni baxş etdi. Unda 7-8-sinflarning öquvçi-qizlari Navoiy ğazali bilan aytiladigan “Işq ayladi” aşulasiga raqsga tuşdilar.
Şundan söng, sahnada Navoiy zamondoşlarining fikrlari jarangladi. Buyuk tarixçi olim Davlatşoh Samarqandiy, fors-tojik şoiri, Naqşbandiya tariqatining yirik vakili Abdurahmon Jomiy, tarixçi, davlat arbobi Muhammad Haydar Mirzo, şoh va şoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur, tarixçi olim Raşidiy, Eron tarixçisi Hakimşoh Qazviniy, tarixçi Xondamir, şoir va dramaturg, adabiyotşunos Maqsud Şayxzoda hamda Özbekistonning Birinçi Prezidenti I.A.Karimovlar bildirgan qimmatli fikrlar xususida öquvçi-yoşlar tölqinlanib sözladilar.
Tadbirda öquvçilar tomonidan sahnalaştirilgan “Sabbaʼi sayyor” dostonidan parça ham namoyiş etilib, “Hayrat-ul abror” dostonidan hikmatli hikoyatlar öqilgani öquvçi-yoşlarning haqiqatan ham Navoiy dahosiga qalblarida yuksak ehtirom bilan uning buyuk asarlarini örganayotganlarining amaliy ifodasi böldi. Goh ğazal, goh hikmatlarga töla dostonlar jarang soçgan “Biz Navoiy avlodlarimiz” adabiy-musiqiy, teatrlaştirilgan bayramona tadbir dilbar kuy-qöşiqlar, dilrabo raqslar bilan davom etdi va qalblarga zavq-şavq bağişladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶