28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:32
Fan va taʼlim 👁 293

TAʼLIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OShIRIShGA QARATILGAN MASALALAR YuZASIDAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

TAʼLIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OShIRIShGA QARATILGAN MASALALAR YuZASIDAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari ishtirokida umumiy yigʻilish tashkil etildi.

2024-yil 7-fevral kuni 38-sonli maktabda boʻlib oʻtgan mazkur yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan Amudaryo tumaniga biriktirilgan masʼul xodimlardan Hamidulla Begdullayev, vazirlikning korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha bosh mutaxassisi Shahzoda Babanazarova, Respublika taʼlim markazi metodistlari Ajiniyaz Jolamanov va  Daut Baxiyatdinovlar hamda tuman Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimining masʼul xodimlari qatnashishdi. Yigʻilishni tuman Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomurodov ochib berdi va ishtirokchilarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.

Kun tartibida Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni, taʼlim tashkilotlarida korruptsiyaning oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari, 2022-2023 oʻquv yilida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan tahliliy yakunlari va 2024-yil oldida turgan vazifalar, yaʼni Fanlar olimpiadasi, kausera, oʻqituvchi va oʻquvchilarning xalqaro va milliy sertifikatlari ulushi, pedagog kadrlar attestatsiyasi, 3-7-yoshli bolalar qamrovi, grant, onlayn sinf kabi masalalar koʻrildi.

Ushbu masalalar yuzasidan masʼullarning maʼruzalari tinglandi. Dastlab Respublika taʼlim markazi metodisti Ajiniyaz Jolamanov Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirdi va bu boʻyicha tegishli vazifalar, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Taʼkidlanganidek, “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun shu yil 1-fevral kuni Prezident tomonidan imzolangan. Mazkur hujjatda pedagogning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasi ostida boʻlishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Qonun bilan pedagoglarning huquq va majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari ham belgilangan. Shuningdek, Qonunga koʻra pedagogni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, hududlarni obodonlashtirishga, qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish taʼqiqlanadi. Pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli boʻlmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, jumladan, bitiruvchilarning bandligi taʼminlangani haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish man etiladi.

Yigʻilish davomida vazirlikning korruptsiyaga qarshi kura boʻyicha bosh mutaxassisi Shahzoda Babanazarova tuman hududidagi taʼlim tashkilotlarida korruptsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan targʻibot-tashviqot ishlari xususida toʻxtaldi. U oʻz soʻzida Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi  “Korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuniga qatʼiy amal qilish kerakligini eʼtirof etib, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik – korruptsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish ekanligi toʻgʻrisida yigʻilish ishtirokchilariga keng maʼlumotlar berdi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala boʻyicha Yalgʻash Shomurodov soʻzga chiqib, 2023-2024 oʻquv yilida asosiy Fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 7 nafar oʻquvchi faxrli oʻrinni, respublikada yetakchi oʻrinni egallagani, xalq taʼlimi tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻqitish uslubiga ega malakali pedagog kadrlardan 7 nafariga belgilangan tartibda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida ustama toʻlanayotgani ham tilga olib oʻtildi. Shuningdek, ayrim maktablarning oʻquvchilari fanlar olimpiadasining tuman bosqichida 4-yil davomida sovrindor boʻla olmagani, buning sabablari ham muhokama etildi.

Yigʻilish davomida tuman MMTB boshligʻi Yalgʻash Shomurodov xorijiy til fani oʻqituvchilari 2024/2025 oʻquv yiliga qadar V2 darajadagi sertifikatlarga ega boʻlish lozimligini, shunga harakat qilishi kerakligini eslatdi. Shuningdek, maktab oʻquvchilari ham ingliz tilidan kamida V2 sertifikat olishlari, bu borada 40-maktab yetakchi ekanligi alohida taʼkidladi.

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq 2024/2025 oʻquv yiliga qadar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozimligi belgilangan. Shu sababli Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi barcha xorijiy til oʻqituvchilariga 2024/2025 oʻquv yiliga qadar kamida V2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishi lozim.

Yigʻilishda taʼlimdagi samaradorlikni yanada oshirish, pedagoglarning oʻz ustida ishlashlariga eʼtibor qaratish va imkoniyat yaratish, maktablardagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash borasida tegishli chora-tadbirlar, vazifalar belgilab olindi.

Ozoda Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026