28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:36
Fan va taʼlim 👁 374

AMUDARYoLIK 13 YoShLI OʻQUVChI ChET TILINI BILISh DARAJASI BOʻYIChA V2 SERTIFIKATINI QOʻLGA KIRITDI

AMUDARYoLIK 13 YoShLI OʻQUVChI ChET TILINI BILISh DARAJASI BOʻYIChA V2 SERTIFIKATINI QOʻLGA KIRITDI

Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan, kun sayin taraqqiyot sari ilgarilayotgan ayni davrda xorijiy tillarni mukammal bilish juda katta ahamiyat kasb etadi. Davr bilan hamnafas boʻlish uchun esa yoshlarimiz bilim olish bilan birga chet tillarini ham oʻrganishlari va shunga harakat qilishlari kerak. Shunga koʻra yurtimizda yosh avlodning mukammal bilim olishlari, ilmda yuqori choʻqqilarni zabt etishlari uchun yetarli sharoit va imkoniyat yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan va munosib yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan bilimdon yoshlar Amudaryo tumanida ham koʻpchilikni tashkil qiladi.

Tumandagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfida taʼlim-tarbiya olayotgan Aslbek Toʻliboyev kelajakka munosib avlod boʻlib kamolga yetishga intilayotgan ana shunday yoshlardan biri. Yaqinda u oʻz bilimini sinab koʻrish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan imtihonlarda ishtirok etdi hamda endi 13 yoshga kirgan boʻlishiga qaramasdan, chet tilini bilish darajasi boʻyicha V2 sertifikatini qoʻlga kiritishga erishdi.

Aslbek Toʻliboyev 2010-yil 11-dekabrda ziyoli oilada dunyoga kelgan. Uning otasi Mansur Allayarov Nukus Davlat Agrar Universitetini tamomlagan. Hozirgi kunda chet elda. Onasi Dilnura Boboniyozova esa Nukus Davlat Pedagogika institutini tamomlagan boʻlib, hozirgi kunda 36-sonli maktabda ingliz tili fanidan dars berib kelmoqda.

Aslbek 3 yoshidan Mangʻit shahridagi 3-sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalana boshladi. Ingliz tilidan MTTdagi mashgʻulotlar davomida koʻnikmalarini rivojlantirdi. Ota-onasi ham farzandining chuqur bilim olishiga yetarli ahamiyat berishga, sharoit yaratishga harakat qilishdi. Bu, albatta, oʻzining ijobiy samarasini berdi va kichik bilimdon maktabgacha tarbiya davridanoq iqtidorliligi bilan tengdoshlariga namuna boʻla boshladi. U 2017-yildan 36-sonli maktabning 1-sinfida oʻqiy boshladi. Birinchi ustozi Alisher Yoʻldoshevdan alifbeni oʻqishni, son-sanoqlarni va boshqa koʻplab boshlangʻich bilimlarni juda qiziqib oʻrgandi. Bilimi yaxshi boʻlgani sababli 5-sinfni tamomlab, tumandagi Ixtisoslashgan maktabga test topshirdi va yuqori ball bilan maktab oʻquvchilari safidan oʻrin oldi. Hozirgi kunda shu maktabda 7-sinfda taʼlim olmoqda.

Otabek Yoʻldoshev rahbarlik qilayotgan mazkur maktabda taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgani oʻquvchilarning yutuqlarida namomyon boʻlmoqda. Aslbekning sinf rahbari Gulasal Yodgorova ham undagi matematikaga boʻlgan qiziqishni koʻrib,  matematika fanidan Al Xorazmiy olimpiadasida qatnashishiga imkoniyat yaratdi. U olimpiadada yuqori ballni qoʻlga kiritdi va Respublikada 7-oʻrinni egallab, kuchli 10 talikka kirdi. Hozirgi kunda ustozlari bilan kelgusi bosqichga qattiq tayyorgarliklar koʻrmoqda. Shaxmat, shashka oʻyinlariga, kitobxonlikka qiziqadigan Aslbek boʻsh vaqtlarida dona surish yoki kitob oʻqish bilan band boʻladi.

Maktabning ingliz tili fan oʻqituvchisi Muhayyo Toirova ham uning til oʻrganishga boʻlgan qiziqishini koʻrib, yanda koʻproq oʻrgatishga harakat qiladi. Aslbek ushbu tilni yanada mukammalroq oʻrganish maqsadida “BRIGHTON SCHOOL” oʻquv markazida qoʻshimcha mashgʻulotlarda qatnashdi. Oʻquv markazdagi ustozi Nurbek Jumaniyozovdan grammatikani oʻrgandi. Keyinchalik “ADVANCE” oʻquv markazida Asadbek Yusupovning toʻgaraklariga qatnashdi va oʻz bilimlarini sinab koʻrish maqsadida imtihonlarda qatnashib, chet tilini bilish darajasi boʻyicha B2 sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Yosh bilimdon Aslbekning taʼlim olish bilan bogʻliq rejalari koʻp. U katta boʻlgach, xorijdagi nufuzli oliygohlarda taʼlim olib, yetuk, har tomonlama bilimli, kelajak bunyodkori boʻlishni maqsad qilmoqda. Ayni paytda kelgusida IELTS sertifikatiga ega boʻlish uchun ingliz tilini yanada mukammal oʻrganishni davom ettirmoqda.

Biz ham iqtidorli oʻquvchi Aslbek Toʻliboyevga kelgusi oʻqish va ishlarida omad va muavaffaqiyat tilab qolamiz!

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026