Afğon uruşi faxriylari uçun bayram tadbiri taşkil etildi
15-fevral – Sovet qöşinlari Afğonistondan olib çiqilganiga 35-yil töldi. Har yili uşbu sana arafasida butun mamlakatimiz böylab joylarda uçraşuvlar, davra suhbatlari, xotira tadbirlari, bayram tantanalari muntazam ravişda taşkil etilib, keng miqyosda nişonlanadi.
Uşbu sana munosabati bilan tumanimizda amudaryolik baynalmilal afğonçi-jangçilarning uçraşuvlari, bayram tadbirlari taşkil etildi. Tumanimizdagi afğon uruşi qatnaşuvçilari Xotira maydonida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulçambarlar qöydilar. Muzey faoliyati bilan tanişiş mobaynida afğonçi jangçilar bugungi dorilomon kunlarga şukronalik keltirdilar.
Şundan söng tuman hokimligi taşabbusi bilan uruş faxriylari uçun “Şer” töyxonasida ajoyib bayram tadbiri taşkil etildi. Bayram tadbirida tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodir Kamolov, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boşliği Ğulomjon Duysenboyev, tuman Mudofaa işlari böyiça bölim boşliği Şerzod Murodov hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi faxriy baynalmilal jangçilar uyuşmasining tuman bölimi ruhbari Bahodir Jumaniyozov boşçiligidagi bir guruh faxriy jangçilar iştirok etdilar.
Bayram tadbirini tuman hokimi örinbosari Nodir Kamolov oçib berdi. Nodir Kamolov öz sözida Afğonistonda çorak asrça davom etgan özaro uruşlarga barham beriş uçun sobiq ittifoq armiyasi safida safarbar qilingan, murakkab şaroitlarda jang-u jadallarda qatnaşib, omon qaytgan faxriylar uçun 15-fevral – sobiq ittifoq qöşinlari olib çiqib ketilgan sana çinakkam bayram ekanligini taʼkidladi hamda ularni bayram bilan tabrikladi. Sana munosabati bilan har yili mamlakatimizda turli tadbirlar ötkazilib, sobiq afğonçilarga alohida hurmat-eʼtibor körsatilayotganini qayd etib ötdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar, mamlakatimizda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, yurtimizdagi tinçlik-osoyiştalikni qadrlaş, jangçi-fahriylarni qöllab-quvvatlaş va halok bölgan vatandoşlarimizning xotirasini abadiylaştirişga katta eʼtibor qaratilayotganini, Afğon uruşida halok bölgan faxriylarni xotirlaş har birimizning insoniy burçimiz ekanligini alohida taʼkidladilar.
Maʼlumotlarga köra, Afğon uruşida 65 ming nafar Özbekiston fuqarolari qatnaşib, 1500 nafardan köproği halok bölgan. Amudaryo tumanidan harbiy harakatlarda iştirok qilgan fuqarolarning 13 nafari janglarda halok bölgan, 278 nafari esa bugungi kunda tinç va osoyişta yurtimizda umrguzaronlik qilmoqda.
Bayram tadbirida Afğon uruşi faxriylariga taşakkurnomalar hamda esdalik sovğalari topşirildi. Şuningdek, tuman Madaniyat bölimi tomonidan kontsert dasturi namoyiş etildi. Bir-biridan ajoyib Vatan, ona, tinçlik, şukronalik haqidagi şöx-şodon kuy-qöşiqlar faxriylarimizga kötarinki bayramona kayfiyat beğişladi.
Tadbir söngida Afğon uruşi faxriylari barça tadbir taşkilotçilarga, “Şer” töyxonasi rahbariyatiga öz minnatdorçiliklarini bildirdilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶