28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:20
Salomatlik 👁 383

DURUNKI MAHALLASIDA YoZUVChI-ShOIR VA IJODKORLARNING YoShLAR BILAN UChRAShUVI OʻTKAZILDI

DURUNKI MAHALLASIDA YoZUVChI-ShOIR VA IJODKORLARNING YoShLAR BILAN UChRAShUVI OʻTKAZILDI

Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga hissa qoʻshish maqsadida amunews.uz veb-saytining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli grant loyihasi doirasida turli tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Grant loyihasi ish rejasiga muvofiq ijrochilar tomonidan joylarga borgan holda aholi oʻrtasida oʻtkazilayotgan mazkur tadbirlar oilalardagi maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi turli illatlar koʻpayishining oldini olishda, sogʻlom hayotning ahamiyatini anglab yetishlarida muhim oʻrin tutmoqda.

16-fevral kuni loyihaning navbatdagi ish rejasiga koʻra Durunki mahallasidagi 56-sonli maktabda “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda yozuvchi-shoir va ijodkorlarning yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti aʼzolari Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi Robiya Yoʻldosheva, Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi, jurnalist Ozoda Xudoyberganovalar hamda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari qatnashishdi. Tadbirni maktab direktori Arzigul Xudoyberganova ochib berdi va tashrif buyurgan ijodkorlarni yoshlarga tanishtirib oʻtdi.

Tadbirda dastlab amunews.uz veb-saytining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli grant loyihasi hamda ushbu grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, ularning ahamiyati, erishilayotgan natijalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Loyiha doirasida ovul va mahallalarda aholi oʻrtasida ichkilikbozlik, giyohvandlikka berilish, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi va erta turmushning oldini olish borasida tajribali shifokorlar, nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil qilinayotgani, shu mavzularda maqolalar, telelavhalar tayyorlanib, tumandagi ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgani xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, loyiha doirasidagi tadbirlar Prezidentimizning 5ta muhim tashabbusini chekka qishlovlarda yanada faol amalga oshirishda muhim oʻrin tutayotgani, kitobxon yoshlarning safini kengaytirishga qaratilgan sayyor kitoblar karvonlari, turli tanlovlarga koʻplab yoshlar qamrab olinayotgani bayon qilindi.

 Uchrashuv tadbiri davomida kitobxonlikning ahamiyati, badiiy ijod, oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalari va turli davrlarda yashab ijod qilgan taniqli adiblarning hayoti, ijodi, ularning milliy adabiyotimizni rivojlantirishga qoʻshgan hissalari toʻgʻrisida qizgʻin suhbat oʻtkazildi. Undan tashqari, milliy adabiyotimizni rivojlantirish, qalam ahlining samarali ijod qilishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, yosh isteʼdod egalarini aniqlash va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani, yurtimizning turli hududlarida ijod qilayotgan yosh isteʼdod egalarini har tomonlama ragʻbatlantirish, jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangani eʼtirof etildi.

Tadbirda mamlakatimizda yosh avlodning taʼlim olishi, isteʼdod va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlar ham tilga olindi. Oʻquvchilarning bugun ustozlaridan fan sirlarini chuqur oʻrganib, kelajakda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan shaxs boʻlib voyaga yetishlari zarurligi uqtirildi. Shuningdek, har bir shaxsning, ayniqsa, yoshlarning bilimli, zukko boʻlishida, intellektual rivojlanishida kitoblarning oʻrni va ahamiyati tushuntirildi.

Taniqli ijodkorlar yoshlarga oʻz ijodiy faoliyati, hayotidagi qiziqarli voqealar, ilk va bugungi kundagi ijodiy ishlari haqida ham soʻzlab berishdi. Yoshlarning adabiyot sohasidagi savollariga javob berar ekan, oʻz ijodlaridan namunalar oʻqib berdilar. Oʻz navbatida yoshlar ham zavqlanib, oʻzlari sevgan ijodkorlar qalamiga mansub boʻlgan sheʼrlarini yod aytdilar.

Durunki mahallasida grant loyihasi doirasida tashkil etilgan ijodiy uchrashuv nihoyatda qiziqarli oʻtdi va sheʼriyatga, adabiyotga qiziquvchi yoshlar uchun haqiqiy mahorat darsi boʻldi.

M.Xalillayeva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026