Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 70-sessiyasi töğrisida axborot
2024-yil 22-fevral kuni Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining navbatdagi 70-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar masʼullari, hokim örinbosarlari, bölimlar boşliqlari, ovul va mahalla fuqarolari yiğinlarining xotin-qizlar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengaşi raisi örinbosari Ğulomjon Eşniyazov oçdi va olib bordi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki – “Amudaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar tomonidan hududlarida amalga oşirilgan işlar va 2024-yilda amalga oşiriladigan işlarning “Yöl xaritalari”ni tasdiqlaş töğrisida”gi masala yuzasidan sektorlar masʼullari hisobot berdilar.
1-sektor kotibi Otabek Ollayorovning hisobotida keltirilişiça, 1-sektor rahbari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, ötgan 2023-yilda sektor rahbari hamda tuman xalq qabulxonasi bilan birgalikda fuqarolarning mummolarini tinglaş, yoşlar bilan uçraşuvlar taşkil qiliş böyiça reja-grafik asosida 54-marta sayyor qabullar ötkazilgan. Sayyor qabullarda 358 ta murojaatlar körib çiqilgan va tegişliligi böyiça masʼullar tomonidan örganilib, aksariyati ijobiy hal etilgan.
Kun tartibidagi masala yuzasidan 2-sektor hududida amalga oşirilgan işlar böyiça tuman prokurori yordamçisi Sanjar Abdullayev hisobot berdi. Hisobotda taʼkidlanganidek, ötgan yil mobaynida “Bandlik” dasturiga muvofiq 2-sektor xududida aholi bandligiga kömaklaşiş markazi tomonidan 485 nafar fuqarolar, şulardan 194 nafar yoşlar va 95 nafar xotin-qizlar işga joylaştirilgan. Joriy yilning ötgan davri mobaynida 2-sektor xududida 7-marta böş iş örinlari yarmarkasi taşkil qilingan bölib, ularga 176 nafar fuqaro jalb qilingan. Şundan 73 nafar fuqarolarga işga yöllanma berilgan.
3-sektor kotibi Muhriddin Rahimovning hisobotida qayd etilganidek, hududda kasbga öqitiş yönalişida kiçik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandçilik va kasanaçilikni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş maqsadida öquv markazlarida yil boşidan 37 nafar fuqarolar turli yönalişda tahsil olgan. Ularning bandligi töliq taʼminlangan, xususan, 7 nafari tikuvçilik, 5 nafari oşpazlik, 11 nafari quriliş, 6 nafari avtomobillarga texnik xizmat körsatiş, 5 nafari axborot texnologiyalari, 2 nafari payvandlovçilik, 3 nafari sartaroşlik yönalişida bilimlarga ega bölgan.
Tuman soliq inspektsiyasi boşliği örinbosari Islom Yusupov tomonidan 4-sektor hududida amalga oşirilayotgan işlar xususida hisobot berildi. Hisobotda 4-sektor hududida aholini ijtimoiy-iqtisodiy qöllab-quvvatlaş böyiça samarali işlar taşkil etilayotgani taʼkidlandi. Qayd etilişiça, sektor hududida yaşovçi, ayniqsa nogironligi bölgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni zarur dori-darmon vositalari, nogironlik aravaçalari hamda reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlaş borasida samarali işlar qilingan. Xususan, nogironligi bölgan 12 nafar fuqaroga kattalar uçun nogironlik aravaçasi, 5 nafar fuqaroga elektr yuritmali kreslo-aravaça, 2 nafar voyaga yetmagan nogironligi bölgan bolaga bolalar aravaçasi, 2 nafar fuqaroga eşitiş moslamasi, 7 nafar fuqaroga qöltiqtayoq, 12 nafar fuqaroga hassatayoq olib berilgan hamda reabilitatsiya vositalari bilan töliq taʼminlangan.
Şundan söng cessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining birinçi örinbosari Kamiljan Aytbayev hisobot berdi. Hisobotda tumanimizda 2024-yil yangi iş örinlarini yaratiş va aholi bandligiga kömaklaşiş dasturiga asosan jami 15 ming 836ta yangi iş örinlari yaratilişi reja qilinayotgani, ulardan 3125tasi doimiy, 10 ming 130tasi mavsumiy va 2 ming 581tasi vaqtinçalik iş örinlari ekanligi qayd etildi. Şuningdek, kelgusi yilda yirik va hududiy investitsiya loyihalarini işga tuşiriş hisobiga 398ta, xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş hisobiga 4062ta, qişloq xöjaligi sohasida 10 ming 821ta, quriliş sohasida 555ta yangi iş örinlarini taşkil qiliş orqali aholi bandligini taʼminlaş rejalaştirilayotgani haqida maʼlumot berildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi bölimi boşliği Ahmad Rajapov tomonidan berilgan hisbotda keltirilişiça, 2023-yil mobaynida tumanimizda 100 mlrd. sömlik mablağ evaziga jami 74 ta obʼektda quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilgan. Davlat-xususiy şerikçilik şartlari doirasida tuman hududidagi jami 125 ta ijtimoiy soha obʼektlarini isitiş böyiça şartnomalar imzolanib, 26 ta obʼektlarning qozonxonalari yangidan qurilganligi hamda 89 ta yangi qozonlarni örnatiş işlari olib borilmoqda, şuningdek, uşbu obʼektlarni kömir mahsulotlari bilan taʼminlaş maqsadida 3 ming 301 tonna kömir yetkazib berilgan.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburovaning bergan hisobotida joriy yil 5-bosqiç “Ayollar daftari”ga kiritiş maqsadida 49 ta maxallalarga biriktirilgan işçi guruhlar tomonidan xatlov ötkaziş işlari olib borilgani hamda 30 yoşdan yuqori bölgan 45 ming 330 nafar xotin-qizlarga anketa sörovnomalari töldirilganligi qayd etilib, bu borada qilinayotgan işlar haqida maʼlumotlar berildi.
Şuningdek, Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari tomonidan 5-bosqiç “Ayollar daftari”ga kiritilayogan 5 ming 593 nafar xotin-qizlarning röyxati hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini bartaraf etişga qaratilgan “Yöl xaritasi” tasdiqlandi.
Sessiyada tuman Iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği Javlonbek Jumamurodov mahalliy byudjeti mablağlarining 2023-yil davomida sarflanişi töğrisida hisobot berdi. Hisobotda 2023-yil davomida mahalliy byudjetning daromadlar qismi aniqlangan reja prognozi 84 mlrd 2,42 mln sömga belgilangan bölib, xaqiqatda 95 mlrd 364,2 mln sömga, yaʼni 113,5 foizga yoki rejaga nisbatan 11 mlrd 361,8 mln sömga ortiği bilan bajarilgani qayd etildi.
Şundan söng sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi Ilhom Palvanov sözga çiqib, tuman hokimligi hisobidagi zahira yer maydonlarini “E-AUKSION” elektron platformasida oçiq elektron tanlovga çiqariş töğrisidagi taklifni öqib eşittirdi. Deputatlar tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimining hokimlik zaxira yer fondi hisobidagi yer maydonlarini paxta va ğallaçilik, sabzavot va poliz ekinlarini ekiş, çorvaçilik va eksportbop sabzavotçilik yönalişlarida faoliyat yuritiş uçun aholiga ajratiş maqsadida onlayn auktsionga çiqariş böyiça takliflarini maʼqulladilar.
Sessiya kun tartibidagi barça masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar deputatlar tomonidan muhokama qilinib, tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶