Mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti öquv sport-texnika klublari sportçilari örtasida yozgi biatlon musobaqalari ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti tasarrufidagi öquv sport-texnika klubi sportçilari örtasida har yili anʼanaviy tarzda ötkazilib kelinayotgan yozgi biatlon sport musobaqalarida eng kuçli, jismonan va aqlan yetuk sportçilar özaro kuç sinaşadilar.
Özbekiston Respublikasi Mudofaasiga kömaklaşuvçi "Vatanparvar" taşkiloti Qoraqalpoğiston respublikasi Kengaşining 2024-yil 1-martdagi 17-sonli buyruğiga asosan Joriy yilning 4-mart kuni Amudaryo tumanida yoşlar örtasida “Yozgi biatlon” sport musobaqasi bölib ötdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşining 2024-yilgi iş rejasiga köra, Şuhrat Kamolov xotirasiga bağişlangan Qoraqalpoğiston kubogi sport musobaqasida Özbekiston Respublikasi Mudofaasiga kömaklaşuvçi "Vatanparvar" taşkiloti Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi tasarrufidagi öquv sport-texnika klubi jamoalari iştirok etdilar.
Musobaqada Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlaridan 8ta jamoa iştirok etişdi. Ertalab soat 10:00da tantanali ravişda boşlangan musobaqa maydonida barça jamoalar saf tortib turişdi. Tadbirni taşkilotning Qoraqalpoğiston respublikasi Kengaşi raisi Quatbay Razbekov oçib berdi va sportçilarga omad tiladi.
Musobaqa şartiga köra, iştirok etayotgan jamoalarning har bir aʼzosi 3000 metrga yugurişi va oraliqda bir marta tik turgan holatda, keyingi aylanani yugurib ötib, yotgan holatda havo miltiğidan nişonlarga öq otişni amalga oşirdilar. Agarda berilgan 5 ta öqdan nişonlarga kam tegizilsa, şunça marta belgilangan jarima aylanasini qöşimça ravişda yugurib ötdilar.
Bu yilgi yozgi biatlon sport musobaqalari har galgidan ertaroq boşlandi va iştirokçi jamoalar musobaqani ötkaziş böyiça tasdiqlangan Nizom bilan oldindan taniştirildi. Şu bilan birga musobaqaning namunaviy şartlari asosida puxta tayyorgarlik körişlari uçun özlari aʼzo bölgan öquv sport-texnika klublari tomonidan zarur şaroitlar yaratildi. 110 nafardan ziyod sportçi-yoşlar iştirok etgan musobaqa iştirokçilar uçun ham, tomoşabinlar uçun ham nihoyatda qiziqarli taassurotlarga boy böldi.
Şu bilan birga mazkur musobaqada tumanlardagi öquv sport-texnika klublari tomonidan yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning jismonan baquvvat, maʼnan yetuk insonlar sifatida şakllanişlarini taʼminlaşga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaviy işlarning holatiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, kuçli, epçil, ayniqsa, merganlik qobiliyatiga ega yoşlarning çiqişlari, sportçi madaniyatiga amal qilişlari ham inobatga olindi.
Musobaqa kuraşlarga boy, qiziqarli tarzda ötdi. Barça jamoalar ğolib çiqiş uçun harakat qildilar. Musobaqa yakunida yaxşi natijalar körsatgan jamoalar ğolib va sovrindorlar qatoridan örin oldilar. Unga köra, yozgi biatlon böyiça eng kuçli jamoalar aniqlandi. Amudaryo tuman öquv sport-texnika klubi jamoasiga 1-örin, 2-örin Beruniy tuman öquv sport-texnika klubi jamoasiga, 3-örin esa Qoraözak tuman öquv sport-texnika klubi jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa yakunida öğil bollalar örtasida yaxşi natijalar körsatgan sportçilar ham aniqlandi. Unga köra, iştirokçilardan Behruz Baxtiyarov 1-örin, Zafar Qodirov 2-örin, Jasurbek Davletboyev 3-örin sohiblari böldilar.
Şuningdek, musobaqada yaxşi natijalar körsatgan sportçi qizlardan Çaros Örazboyeva 1-örin, Şohida Bazarboyeva 2-örin, Şohida Sabirova 3-örin sohibalari bölişdi.
Tadbir yakunida ğolib jamoa va şaxsiy birinçilikka erişgan sportçilarga “Vatnparvar” taşkiloti tomonidan diplomlar va esdalik sovğalari topşirildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶