XALQARO XOTIN-QIZLAR BAYRAMIDA 44-SONLI MAKTABDA “BALLI, QIZLAR” TADBIRI ÖTKAZILDI
Bahor faslining kirib kelişi va ketma-ket bölayotgan bayramlar, turli ayyomlar, tadorigu-tadbirlar yurtdoşlarimizga kötarinki kayfiyat, özgaça şukuh baxş etmoqda.
Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Özbekiston mahallasidagi 44-sonli maktabda ham turli tadbirlar, bayram keçalari taşkil etildi. Ayniqsa, 5-“A”sinf rahbari va öquvçilari tomonidan taşkil etilgan "Balli qizlar" bellaşuvi ham juda qiziqarli ötdi.
Tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Rufat Dösimbetov oçib berdi va barça ayol-qizlarimizni kirib kelayotgan bahoriy bayram bilan qizğin tabrikladi.
Bellaşuvda öquvçi-qizlar 6 ta şart böyiça özlarining bilim va mahoratini namoyiş etdilar. Bayram keçasida öquvçilar tomonidan Ona, Bahor va Ona Vatan haqida kuylangan kuy va qöşiqlar, qizlarimizning dilbar raqslari tomoşabinlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulaşdi.
Bellaşuv davomida hakamlar hayʼati raisi Sevaroy Otamurodova, aʼzolari Maftuna Kenjaboyeva va Sabila Alimboyevalar tomonidan mahoratli qizlarimizning mehnatlari haqqoniy baholanib borildi. Yakuniy natijalarga köra 1-örin Dilşoda Yerkayevaga, 2-örin Diana Şomurodova, 3-örin Şohista Otajonovaga nasib etdi. Ğolib bölgan qizlar sinf rahbari tomonidan tayyorlangan bayramona esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Bahorning ilk kunlarida ötkazilgan uşbu bayram tadbiri haqiqiy bayramona kayfiyatda yakunlandi.
Salomat Karimova, 44-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶