“SAYYoR KITOBLAR KARVONI” TADBIRIDA YoŞLAR QIZIQARLI ADABIYoTLAR BILAN TANIŞDILAR
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” grant loyihasi doirasida tumanimizning barça hududlarida yoşlar örtasida maʼrifiy-tarbiyaviy tadbirlar taşkil etilib, ularning böş vaqtlari mazmunli ötkazilmoqda. Ayniqsa, kitobxonlikka daʼvat etiş maqsadidagi “Kitob sayillari”, “Eng yaxşi sovğa – kitob”, “Farzandimga kitob sovğa qilaman” aktsiyalari kitobxon yoşlarning qiziqişlarini, safini oşirmoqda.
11-mart kuni uşbu grant loyihasi iş rejasiga köra Manğit şahridagi 16-sonli umumtaʼlim maktabida “Sayyor kitoblar karvoni” tadbiri taşkil etildi. Tadbirda “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati xodimlari, maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Gulsara Yodgorova hamda yuqori sinf öquvçilari iştirok etişdi.
Dastlab tahririyat xodimlari tomonidan amalga oşirilayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” nomli grant loyihasi mazmun-mohiyati, maqsadi va rejalari, rejalarga köra ötkazilayotgan tadbirlar, ularning samarasi xususida batafsil maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlab ötilganidek, uşbu loyihani amalga oşiriş orqali yoşlarni ilm oliş va yuksak maʼnaviyatli bölişga daʼvat etiş, bilimli va taşabbuskor yoşlarni tengdoşlariga örnak qilib körsatiş, şu kabilar orqali ularning safini yanada kengaytiriş maqsad qilingan. Bugungi davrdagi globallaşuv jarayonida yoşlarni bilimli, maʼnaviyatli qilib tarbiyalaşda kitoblarning, kitobxonlikning ahamiyati katta bölganligi sababli, loyiha doirasida yoşlarga kitobning afzalligi tuşuntirilmoqda.
Tadbir davomida loyiha ijroçilari kitobxonlikning ahamiyati haqida keng tuşunçalar berib, köp kitob öqigan kişida yuksak insoniy fazilatlar – muomala madaniyati, muşohada, dunyoqaraş kengligi, bilimdonlik, yuriş-turiş, kiyiniş odobi, özgalar fikriga hurmat bilan qaraş, tinglaş madaniyati sezilib turişini alohida eʼtirof etişdi. Şuningdek, keyingi yillarda Prezidentimiz taşabbusi bilan kitobxonlik, kitob naşr qiliş, kutubxonalarni köpaytiriş, ularni bosma va elektron adabiyotlar bilan töldiriş davlat siyosati, madaniy hayotimizning ajralmas qismiga aylangani, bu öz natijalarini körsata boşlaganini aytib ötdi.
Öquvçi-yoşlarga kitoblarning bilimlar kaliti ekanligi, heç bir axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar örnini bosolmasligi, televideniye va radio, zamonaviy kompyuterlar imkoniyati va afzalliklari köp bölişiga qaramasdan heç biri kitobning örnini bosa olmasligi, ayniqsa, badiiy kitoblar har bir kişida insoniy fazilatlarini kuçaytirişi, dunyoqaraşini kengaytirişi batafsil tuşuntirildi.
Maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Gulsara Yodgorova ham “Eng yoş kitobxon”, “Kitobxon oila”, “Kim köp kitob öqigan?” kabi tanlovlarni ötkaziş anʼanaga aylangani, ğoliblar munosib taqdirlanayotgani, kitobxonlik jamiyatning barça qatlamlarini qamrab olayotgani, kitob öqişga, bilimga taşna yoşlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida faxrli örinlarni egallaşayotgani haqida söz yuritdi.
Tadbirda öquvçilar grant loyihasi ijroçilari tomonidan keltirilgan kitoblar bilan tanişib, tahririyat qoşidagi kutubxonaga aʼzo bölişga qiziqiş bildirişdi. Ularga kutubxonadagi boşqa kitoblar töğrisida maʼlumotlar beriş bilan birga aʼzo böliş va kitoblarni olib turiş tartibi keng tuşuntirildi.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” grant loyihasi doirasida ötkazilgan “Sayyor kitoblar karvoni” tadbiri öquvçi-yoşlarga juda manzur böldi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶