Diqqat, eʼlon!
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” grant loyihasi iş rejasiga köra, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, yoş avlodning kitobga bölgan mehrini kuçaytiriş orqali ularda yuksak maʼnaviy fazilatlarni kamol toptiriş, yoşlarni vatanparvarlik, milliy istiqlol ğoyalariga sadoqat, fidoyilik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida “Men sevgan badiiy qahramon” inşolar tanlovini ötkazadi.
Tanlov ğoliblari taşkilotçilar tomonidan rağbatlantiriladi va 1-öringa munosib körilgan inşo “Taraqqiyot közgusi” gazetasida yoritiladi.
Inşolar kompyuterda terilgan, ikki varaqdan iborat bölişi talab etiladi va muallifning ism-şarifi, manzili, telefon raqami körsatilgan holda tahririyatga yetkazilişi yoki telegram kanali orqali 94 041 07 22 raqamiga 2024-yilning 30-apreliga qadar jönatilişi şart.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶