28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:33
Jamiyat 👁 395

Nogironligi bor boʻlishiga qaramay baʼzi sogʻlom insonlar uchun oʻrnak boʻlayotgan hamyurtlarimiz

Nogironligi bor boʻlishiga qaramay baʼzi sogʻlom insonlar uchun oʻrnak boʻlayotgan hamyurtlarimiz

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan insonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning hayot tarzi, yashash sharoitlarini yaxshilash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Amudaryo tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlishiga qaramay, hayotda sogʻlom insonlar singari oldinga intilayotgan, oʻz oilasini, ota-onasi va farzandlarini moddiy taʼminlashga harakat qilayotgan, bugungi kuniga shukronalik keltirib, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan hamda oʻzgalarga namuna boʻlayotgan hamyurtlarimiz talaygina.

Tumanimizning Chordara mahallasida yashovchi Shokir Nurullayev 2014-yilda baxtsiz hodisa tufayli bir oyogʻidan ajralgan hamda II guruh nogironi boʻlib qolgan. Hozirgi kunda 2 nafar farzand – bir oʻgʻil, bir qizning otasi. Yoshi ulugʻ onasi Gulara Salayevaning duosini olib, oilasini boqish, turmush oʻrtogʻi hamda farzandlarini oʻzgalardan kam qilmay tarbiyalashga harakat qilib kelmoqda.

Shokir Nurullayev kredit mablagʻi hisobiga elektr mototsikl sotib olgan hamda ushbu mototsikl orqali ogʻir yuklarni, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashib berish orqali xalqimizga xizmat koʻrsatib, oilasiga daromad keltirmoqda.

Nogironligi boʻlishiga qaramay, oʻzi, oilasi va farzandlari uchun yaxshi hayot tarzini yaratishga, farzandlarining orzu-havaslarini roʻyobga chiqarishga intilib, harakatdan toʻxtamayotgan yana bir hamyurtimiz Ravshanbek Matmuratov 2002-yilda baxtsiz hodisa sababli oʻng qoʻlidan ajralgan. U II guruh nogironi boʻlishiga qaramay, hayotidan norozi boʻlib yashayotgan baʼzi sogʻlom insonlarga oʻrnak, namuna boʻla oladi.

II guruh nogironi Ravshanbek Matmuratov bilan suhbatlashar ekanmiz, oʻzini aslo nogiron ekanligini his qilmasdan, oilaboshi sifatida tadbirkorlik orqali yaxshi daromad topayotganining, roʻzgʻorini tebratib, halol mehnat qilayotganining guvohi boʻldik.

Ravshanbek Matmuratov Mangʻit dehqon bozorida yoz oylarida qovun, tarvuz kabi poliz ekinlarini, qish oylarida esa kartoshka, piyoz, sabzi, karam kabi sabzavotlarni sotib kelmoqda. Hamyurtimiz bugungi kunidan rozi, turmush oʻrtogʻi, 2 nafar oʻgʻli hamda qizi doimo unga qoʻl-qanot boʻlib, qoʻllab-quvvatlab kelishayotganini, oʻzini bu hayotda baxtli insonlar qatorida ekanini taʼkidlaydi.

Mangʻit shahri Olmazor mahallasida yashovchi Otabek Bobojonov oʻz sevgan kasbi mobil telefonlarni taʼmirlash faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda. Uning hayotda oʻz oʻrnini topishiga nogironligi aslo toʻsqinlik qilmagan. Doimo oʻz ustida ishlovchi, izlanuvchan Otabek Bobojonov bugungi kunga qadar 6 nafar shogirdlar tayyorlab, ularning ham ustachilik faoliyatlarini boshlab yuborishlariga yordam bergan.

Oilali, bir nafar farzandning otasi boʻlgan Otabek Bobojonov mohir usta boʻlib yetishishida ota-onasi hamda turmush oʻrtogʻi doimo qoʻllab-quvvatlab kelganlarini taʼkidlaydi. U oʻz kasbiga boʻlgan mehri, qiziqishi, doimo harakatdan toʻxtamasligi tufayli Toshkent shahrida mobil telefonlarni taʼmirlovchi tajribali ustalar qoʻlida oʻqib, ulardan yangi bilimlar hamda koʻnikmalar olib kelgan. Ayni paytda Otabek Bobojonov oʻz kasbining mohir ustasi, uning doimiy mijozlari soni juda koʻp va har bir mijoz uning ishlaridan mamnun.

Oramizda ana shunday – imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramasdan oʻzini aslo ijtimoiy himoyaga muhtoj deya his etmaydigan, hayotni sevuvchi, har bir kuniga, hatto har bir soʻzida shukronalik keltiruvchi insonlarni koʻrib kishining shukronaligi, gʻayrati, shijoati, hayotga muhabbati, ertangi kunga ishonchi yanada ortadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026