QILIÇBOYLIKLAR NAVRÖZ BAYRAMINI KÖTARINKI KAYFIYaTDA NIŞONLAŞDI
Navröz – yangilaniş, yaşariş ayyomi. Yurtimizga bahor fasli kirib kelişi bilan barça hududlarda, el orasida Navröz şukuhi keza boşlaydi. Har gal orziqib kutadigan va katta xursandçilik, şodiyona bilan ötkazadigan Navröz bayrami hayot abadiyligi, tabiatning qudrati va çeksiz saxovatining, xalqimizning köp ming yillik milliy qiyofasi, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasidir.
Barça joylarda bölgani kabi Amudaryo tumanida ham Navrözi olam tantanalari keng nişonlanib, bayram tadbirlari barçaga kötarinki kayfiyat baxş etdi.
23-mart kuni tumanning Qiliçboy ovulida ham “Olam nurga tölsin sen bilan, Navröz!” şiori ostida jöşqinlik bilan ötkazilgan bayram sayli köngillarga bahoriy iliqlik va gözallik olib kirdi.
Bayram saylida Özbekiston mahallalar uyuşmasi tuman bölimi boşliği Bahrom Qodirov, fuqarolar yiğini raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi Amina Yusupova hamda boşqa masʼullar, hududdagi maktablar, maktabgaça taʼlim taşkilotlari jamoalari qatnaşişdi.
Sayilgoh bayram tomoşa qiliş uçun kelgan ovuldagi katta-yu kiçik aholi, yoşlar, otaxonu-onaxonlar bilan töldi. Azaliy urf-odatlarimizga muvofiq sayilgohda dasturxonlar bezatilib, bahoriy taomlar, şirmoy kulçalar-u patirlar, sumalak tortildi. Köklam gözalligiga mos atlas-u adras kiygan qizlar özbekona odatlarga binoan kelinsalomlar bilan kelganlarni kutib oldilar.
Sayilga kelganlar maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlari, köçalar faollari tomonidan taşkil etilgan milliy taomlar körgazmasini zavq bilan tomoşa qilişdi. Ularga milliy taomlar, Navrözning şoh taomi – sumalaklar tortiq qilindi.
Tadbirni oçib beriş uçun sözga çiqqan Özbekiston mahallalar uyuşmasi tuman bölimi boşliği Bahrom Qodirov barça qiliçboyliklarni bayram bilan tabrikladi va bayram arafasida ovul hududida har bir xonadon, köçalar obodonlaştirilib, köçatlar ötqazilgani, qişloq mutlaqo yangiça qiyofa kasb etgani, bemorlar, kömakka muhtojlar holidan xabar olingani haqida sözladi.
Şuningdek, sözga çiqqan boşqa masʼullar ham ovul ahlini bayram bilan tabrikladi va dehqonlar eli bölgan Qiliçboyning mehnatkaş bobodehqonlari yuksak xirmon umidida allaqaçon dalaga çiqib, işga kirişgani, dastlabki qadalgan uruğlar unib çiqa boşlaganini aytib, baraka tiladilar.
Şundan söng, ovuldagi Qiliçboy madaniyat markazi tomonidan hududdagi 15-, 83-, 69-sonli maktablar va 22-, 27-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotlari bilan hamkorlikda tayyorlangan musiqiy dastur namoyiş etildi. Dastur davomida turli xalq va sport öyinlari, lapar-u aytişuvlar, ayniqsa, boqiy qadriyatlarimizni namoyiş etişga keng örin berildi.
Markazdagi badiiy havaskorlik tögaragi aʼzolari, maktablar öquvçilari, maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyalanuvçilarining çiqişlari, ijro etilgan xalq oğzaki ijodi termalaridan namunalar, ona-Vatanni, tinçlikni, obod va ozod yurtimizni madh etuvçi kuy-qöşiqlar barçaga quvonç ulaşdi. Dasturdan örin olgan turli tomoşalar, sport öyinlari, milliy kuraş va arqon tortişiş öyinlari ham barçaga manzur böldi.
Sayilda qatnaşgan qiliçboyliklar mana şunday ulkan şodiyonalarga yöl oçib bergan, elimizni taraqqiyotning yorqin yöliga olib çiqqan istiqlolga şukronalar aytdilar. Bunday tantanavor kunlarning bardavom bölişini tilab, duoga qöl oçdilar.
“Olam nurga tölsin sen bilan, Navröz!” şiori ostida ötkazilib, har bir kişining ruhiyatini yangilagan şu kungi Navröz sayli butun ovulga özgaça tarovat baxş etdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶