Masʼuliyatli, ijodkor yoş tarbiyaçi
Tarbiyaçilik kasbi kelajak avlodni har tomonlama yetuk, barkamol bölib yetişişida juda katta ahamiyatga ega bölgan kasb hisoblanadi. Farzandlarimiz qalbida Vatanga bölgan mehrni uyğotişda, ularning qobiliyat va öziga xos fazilatlarini yuzaga çiqarişda, iqtidorlarini namoyon etişda tarbiyaçilarning, ularda dastlabki bilim va könikmalarni şakllantirişdagi örni va ahamiyati beqiyosdir.
Öz kasbiga, bolajonlarga mehri-muhabbati yuqori bölgan hamda tarbiyaçilikning yuqori masʼuliyatga ega bölgan kasb ekanligi çuqur anglab yetgan, yoş bölişiga qaramay, doim öz ustida işlab, şijoat va ğayrat bilan mehnat qilayotgan Nafisa Sobirova tumanimizda taʼlim-tarbiya sohasiga munosib hissa qöşib kelayotgan tarbiyaçilardan biri sanaladi.
22 yoşli ijodkor, iqtidorli tarbiyaçi Nafisa Sobirova tumanimizdagi “Zebo” davlat xususiy şerikçilik asosidagi maktabgaça taʼlim taşkilotida bolajonlarda dastlabki bilim va könikmalarni şakllantirib, ularga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Tumanimizdagi Böston mahallasi yaşovçi Nafisa Sobirova oilasida kenja farzand. Otasi Rustam Ibragimov 2019-yilda oğir hastalik tufayli olamdan ötgan. Onasi Nasiba Jumatova tuman Bandlikka kömaklaşiş va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş markazida ijtimoiy xodim bölib faoliyat yuritib kelmoqda. Oilaning tönğiç farzandi, akasi Temur Sobirov tuman Sport maktabida murabbiy bölib bolajonlarga sport sirlarini örgatib kelmoqda.
Nafisa Sobirova 38-sonli umumtaʼlim maktabida 2008-2019-yillar mobaynida tahsil olgan. 2020-2022-yillarda Taxiatoş tumanida joylaşgan Pedogogika kollejida maktabgaça taʼlim yönalişida öqidi hamda maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi mutaxassisligi sifatida örta professional diplom sohibi böldi. 2023-yilda özining tarbiyaçilik faoliyatini “Zebo” MTTda davom ettirgan Nafisa Sobirova tarbiya maskanidagi eng faol, masʼuliyatli, ijodkor xodimlardan biri hisoblanadi.
Ayni paytda taşkilotda Nafisa faoliyat olib borayotgan örta guruhda tarbiyalanuvçi 3-4 yoşlar orasidagi bolajonlar soni 30 nafar bölib, guruhda Mardona Yöldaşeva yordamçi tarbiyaçi sifatida işlab kelmoqda.
Nafisa Sobirova bolajonlarga turli qiziqarli öyinlar asosida har xil maşğulotlarni taşkil etib kelmoqda. Xususan, “Beş burçak” metodi asosida hamda “Ilk qadam” dasturi doirasidagi qiziqarli va foydali metodlar asosida hamda öz ustida işlaş orqali internet materiallaridan foydalangan holda yangi öyin maşğulotlarini olib boradi.
Nafisa taʼlim-tarbiya berayotgan guruhdagi tarbiyalanuvçi bolajonlar ranglarni, şakllarni oson ajrata oladi. Uy hayvonlari, sabzavotlar nomlarini ayta oladilar hamda 1 dan 20 gaça bölgan sonlarni bemalol sanay olişadi. Şuningdek, guruh tarbiyanuvçilari tuman miqyosida ötkaziladigan bayram tadbirlarida faol iştirok etib kelmoqdalar.
Nafisaning kelajakdagi orzu-maqsadlari talaygina. U bu yil oliy öquv yurti talabasi bölişga astoydil harakat qilmoqda. Kelajakda tarbiyaçilik kasbining yetuk mutaxassisi böliş hamda özining xususiy boqçasini taşkil etib, talim-tarbiya sohasida samarali işlarni amalga oşirişni maqsad qilgan.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶