Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari Rasul Zarikeyev iştirokida sayyor qabul bölib ötdi
28-mart kuni Amudaryo tumanining Uyşin mahallasi hududidagi madaniyat markazida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari Rasul Zarikeyev iştirokida sayyor qabuli bölib ötdi.
Sayyor qabulda tuman hokimining investitsiya va taşqi savdo böyiça örinbosari Fahriddin Yusupov, yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodir Kamolov, tumandagi barça korxona-taşkilotlar masʼullari, Qangli, Qumyop, Qipçoq, Daryo böyi hamda Uyşin ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlari raislari, hokim yordamçilari, xotin-qizlar faollari, yoşlar yetakçilari hamda hududlardagi fuqarolar iştirok etdilar.
Qabul jarayonida eski transformatorlarni yangisiga almaştiriş, içki yöllarni, köpriklarni taʼmirlaş, boqça va maktab qurilişi, yer oliş masalasi, moddiy yordam beriş kabi dolzarb masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşdi.
Xususan, fuqaro Lola Ötegenova foydalanib kelayotgan 8 sotix yerini öz nomiga rasmiylaştirib beriş haqida, Bekbergan Kutlimuratov Uyşin mahallasi hududida yangidan qişloq vraçlik punktini taşkil etişda amaliy yordam beriş masalasida, Karim Atajanov Uyşin mahallasi katta yölidagi uçta köprikni taʼmirlaşda amaliy yordam beriş haqida murojaat qildilar. Şuningdek, fuqaro Farxod Begmuratov içki yöllarni şağallaştirişda amaliy yordam sörab, Urozboy Aytboyev Uyşin mahallasi hududida davlat maktabgaça taʼlim taşkioltini taşkil qilişda, Farhod Bekçanov esa hududdagi 75-sonli maktabga qöşimça sinflar va sport zali kurib beriş masalasida amaliy yordam sörab murojaat qildirlar.
Mahallada yaşovçi Maryam Davletbayeva davolanişi uçun amaliy yordam beriş, Mansur Yuldaşev uy-joyi yaqinidagi katta kuçlanişli elektr simyoğoçni boşqa joyga köçiriş, Nodir Ametov eski transformatorni taʼmirlab beriş yoki yangidan örnatib beriş, Xudayor Baltabayev Qanli ovulidagi içki köçalar taʼmirtalab ahvolga kelib qolganligi sababli köçalarga toş yotqizib beriş hamda 67-sonli maktabga sport zali hamda Qanjiğali aholi punktiga boğça qurib beriş masalasida, fuqaro Xidirboy Artikov esa Uyşin madaniyat uyi yonidagi elektr ustunlarini almaştirib beriş hamda pilla pulini olişda amaliy yordam sörab murojaat qildilar.
Sayyor qabul jarayonida turli masalalar yuzasidan aholi vakillari tomonidan masʼullarga jami 30 ga yaqin murojaatlar yöllandi. Murojaatlardagi ayrim masalalar qabul jarayonining özida yeçimini topgan bölsa, ayrim masalalar böyiça fuqarolarga tegişliça tuşuntirişlar berildi, qolgan masalalar böyiça örganiş hamda muammolarni bartaraf qiliş böyiça korxona-taşkilotlar masʼullariga tegişli topşiriqlar berildi.
Taʼkidlaş joizki, davlat organlari va korxona-taşkilotlari rahbarlarining aholi vakillari bilan yuzma-yuz suhbat qurib, ularning muammolarini örganişi va bartaraf etişga amaliy yordam berişi insonlarning hayot tarzining yaxşilanişiga, davlat siyosatiga bölgan işonçining yanada oşişiga xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶