Yoşlarga yer beriş orqali ularning daromadlari oşiriladi va bandligi taʼminlanadi
Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-aprel kungi “Yoşlarga yer ajratiş orqali ularning daromadlarini oşiriş va bandligini taʼminlaş, şuningdek yangi yer maydonlarini özlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlaridagi “yettilik” aʼzolariga mazkur qarorda belgilangan ustuvor vazifalar böyiça keng tuşunçalar berildi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi boşqarma boşliği Asror Jörayev mazkur qaror bilan yoşlar uçun keng imkoniyatlar eşigi oçilganligi, yoşlar bandligini taʼminlaş borasida ularga yer ajratib beriş, yangi yerlarni özlaştiriş yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berilganligi töğrisida söz yuritdi.
Qayd etlişiça “Yoşlarga yer ajratiş orqali ularning daromadlarini oşiriş va bandligini taʼminlaş, şuningdek, yangi yer maydonlarini özlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qaroriga köra tuman hokimliklari zaxirasidagi jami 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auktsion savdolariga qöyilib, dehqon xöjaliklarini taşkil etiş uçun yoşlarga ijaraga beriladi hamda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişdan sotişgaça bölgan zanjirni qamrab oluvçi yangi tizim joriy etiladi.
Xususan, 60 ming gektar yer maydonini ijaraga beriş böyiça elektron onlayn auktsion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan şakllantiriladigan röyxatga kiritilgan yoşlar örtasida ötkaziladi.
Bunda yer maydonlarini ijaraga beriş böyiça elektron onlayn auktsion savdolari ğoliblariga yer uçastkasi narxini 10-yil muddatga teng uluşlarda foizsiz bölib-bölib tölaşga ruxsat beriladi. Şuningdek, yer maydonlarini elektron onlayn auktsion savdolari orqali ijaraga olgan yoşlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”dan çiqarilmaydi va ular uçun qonunçilikda belgilangan barça imtiyoz va preferentsiyalar saqlab qolinadi.
Qarorga köra talabgorlarga 30-yil muddatgaça kiçik lotlarda “bir massiv – bir mahsulot” tamoyili asosida sabzavot, kartoşka, poliz ekinlari, gul, kökatlar, makkajöxori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetiştirişga suğoriladigan ekin maydonlari, boğdorçilik-uzumçilik yönalişlari uçun köp yillik daraxtzorlar yoki samarasiz boğlar yer maydonlari, dorivor ösimliklar yetiştiriş, çorvaçilik yönalişlari uçun çorva ozuqasi ekinlarini yetiştirişga möljallangan, lalmi, böz, yaylov va yangi özlaştirilgan yer maydonlari ijaraga beriladi.
Talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari ölçamlari “mahalla yettiligi” taklifiga köra aniqlanadi. Talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetiştiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoşlar işlari agentligining “Yoş fermerlar” platformasi orqali amalga oşiriladi.
Yiğilişda ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari hamda “mahalla yettiligi”ning boşqa aʼzolariga uşbu yangi tizim asosida işlarni samarali taşkil qiliş, yer maydoni oliş istagidagi yoşlar röyxatini şakllantiriş, onlayn auktsion natijalariga köra ijaraga yer olgan yoşlarning dehqonçilik faoliyatlarini boşlaşlariga amaliy yordam körsatiş böyiça tegişli körsatma va tavsiyalar berildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶