Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vaziri örinbosari iştirokida seminar ötkazildi
17-aprel kuni Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasi majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vaziri örinbosari Farrux Şaripov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vaziri Murod Qurbanovlar iştirokida tibbiyot xodimlari va soha maʼsullari uçun seminar ötkazildi.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirining 2023-yil 13-oktyabrdagi buyruği bilan Özbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplanadigan, tuman darajasida ambulator va statsionar şaroitda körsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari röyxati tasdiqlangan edi. Şuningdek, vazirning 2024-yil 23-yanvardagi buyruğiga muvofiq 2024-yilda Toşkent şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasida, 2025-2026-yillarda bosqiçma-bosqiç qolgan hududlarda davlat tibbiy suğurta mexanizmlari joriy etilişi hamda moliyalaştirişning yangi modeliga ötilişi munosabati bilan tegişli çora-tadbirlar belgilangan edi.
Seminarda tibbiyot sohasi masʼullariga uşbu buyruqlarning mazmun-mohiyati va ularda topşirilgan vazifalarning ijro mexanizmlari haqida batafsil tuşunçalar berildi.
Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirining örinbosari Farrux Şaripov seminar iştirokçilariga davlat byudjeti mablağlari hisobidan koplanadigan, tuman darajasida ambulator va statsionar şaroitda körsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan xajmlari röyxati haqida, davlat tibbiy suğurta mexanizmlarini joriy etiş hamda moliyalaştirişning yangi modeliga ötilişi jarayoniga tayyorgarlik köriş, bu borada tibbiyot xodimlari tomonidan qilinişi lozim bölgan funktsional vazifalar, aholi örtasida ötkaziladigan tuşuntiriş-tarğibot işlarining ahamiyati haqida töxtaldi.
Vazir örinbosari tumandagi markaziy şifoxona, köp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar, oilaviy şifokorlik punktlarida aholini tibbiy brigadalarga biriktiriş va xavf guruhlariga ajratiş, şifokor oldi körigi xonasida amaliyotçi hamşira qabulini taşkil qiliş borasida tavsiyalar berdi. Şuningdek, seminar iştirokçilari bilan kafolatlangan tibbiy yordam hajmlari, dori vositalari paketi, diagnostika uçun ajratiladigan reaktiv va sarflov materiallari, elektron tibbiy karta, elektron navbatga yoziliş tartibi, oilaviy şifokor yöllanmasi asosida körsatiladigan bepul tibbiy yordam turlari, tibbiy xizmatlar uçun norasmiy tölovlarni bartaraf etiş yöllari borasida fikr almaşildi.
Tuman tibbiyot birlaşmasi masʼullari va tibbiyot xodimlariga davlat tibbiy suğurta tizimini joriy etiş böyiça aholini birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga biriktiriş tartibi, oilaviy şifokor tomonidan bemorga kafolatlangan paket doirasida tibbiy yordam olişi uçun beriladigan yöllanma şakli, şifoxonadan yoki ruhiy kasalliklar şifoxonasidan çiqarilganlarning statistik kartasi şakli, oilaviy poliklinikalar, oilaviy şifokorlik punktlari va aholi biriktirilgan köp tarmoqli markaziy poliklinikalarni moliyalaştiriş hajmini şakllantiriş maqsadida qöllaniladigan hamda uşbu muassasalarga biriktirilgan aholi yoşi va jinsi koeffitsiyentlari haqida batafsil tuşunçalar berildi.
Seminardan keyin masʼullar tumanning “Berdax”, “Qangli” oilaviy şifokorlik punktlarida bölib, uşbu tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy suğurtasi mexanizlarini amalga oşirişga körilayotgan tayyorgarlik işlari bilan yaqindan tanişdilar va masʼullarga kerakli tavsiya hamda maslahatlar berdilar.
J.Yavqaşev, tuman tibbiyot birlaşmasining taşkiliy-uslubiy bölimi mudiri

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶