Manğitda Içki işlar vazirligining aşula va raqs ansambli tomonidan xayriya kontserti ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining tegişli buyruğiga asosan tasdiqlangan reja böyiça ayni kunlarda mamlakatimiz böylab vazirlik tasarrufidagi aşula va raqs ansamblining kontsert dasturlari ötkazilmoqda.
18-aprel kuni Amudaryo tumanidagi Bolalar va ösmirlar sport maktabiga qaraşli sport maydonida ham ana şunday xayriya kontserti bölib ötdi.
Kontsert dasturida asosan, içki işlar organlari xodimlari, tizim faxriylari, şuningdek, xizmat vazifasini bajariş vaqtida halok bölgan yoki nogiron bölib qolgan xodimlarning oila aʼzolari iştirok etişdi.
Tadbirda Özbekistonda xizmat körsatgan artist, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Madaniyat saroyi rahbari podpolkovnik Uçqun Tillayev, ansambl aʼzolari – xalqimiz sevgan söz ustalari Ötkir Muxammadxöjayev, Zokir Oçildiyev, xuşovoz xonandalar Feruza Jumaniyozova, Uluğbek Xoliqov, Suhrobbek Hamdamov va Nurali Şukurullayevlar iştirok etib, özlarining çiqişlari bilan tomoşabinlar kayfiyatini kötarib, zavq-şavq ulaşdi.
Uşbu hayriya kontsert dasturini taşkillaştirişdan asosiy maqsad, vatanimiz tinçligini va osoyiştaligini taʼminlaş yölida özlarining şirin jonlaridan, oromidan keçib, xizmat vazifalarini bajariş çoğida vafot etgan içki işlar organlari xodimlarining oila aʼzolarini qöllab-quvvatlaş, ularga mehr ulaşiş, moddiy va maʼnaviy yordam körsatişdan iboratdir.
Şuni ham aytiş joizki, madaniyat va sanʼat yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda muhim rol öynaydi. Kelajagimiz egalarini Vatanga sadoqat ruhida kamolga yetkazişda, şuningdek, ular ongiga milliy qadriyatlar va anʼanalarga hurmat hissini singdirişda ham sanʼatning örni alohida.
Şu maqsadda taşkil qilingan Içki işlar vazirligi aşula va raqs ansambli ham köp yillardan buyon faoliyat yuritib, har yili mamlakatimizning turli hududlariga gastrol safarlarini taşkil etib keladi. Olis va çekka hududlarda ötkazilayotgan kontsert dasturlarida ham minglab yurtdoşlarimiz iştirok etib, ansambl aʼzolarining vatanparvarlik ruhi yöğrilgan ijod namunalaridan bahramand bölmoqda. Ayniqsa, badiiy söz ustalarining çiqişlari kontsert dasturi iştirokçilarining olqişlariga sazovor bölmoqda.
Bu kabi xayriya kontsertlari jamiyatimizda maʼnaviy qadriyatlarni yanada mustahkamlaş va vatanparvarlik tuyğularini kuçaytirişda muhim rol öynaydi hamda sanʼat va madaniyatni yanada ommalaştiriş, ijtimoiy masʼuliyat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğularini tarğib qiliş orqali jamiyatimizning turli qatlamlari örtasida özaro döstlik va birodarlik riştalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Kontsert yakunida xizmat vazifasini bajariş vaqtida halok bölgan va nogiron bölib qolgan xodimlarning oila aʼzolariga esdalik sovğalari topşirildi va ularning qahramonliklari xotirlanib, yuksak eʼtirof etildi.
Kontsert dasturi kötarinki ruhda ötdi va tamoşabinlarning olqiş hamda eʼtiroflariga sazovor böldi. Tadbir davomida sanʼatkorlar va xonandalar tomonidan taqdim etilgan musiqiy çiqişlar, ijro qilingan kuy va qöşiqlar xalqimizning birdamligi va maʼnaviyatini yanada yuksaltirişga xizmat qilgani bilan nihoyatda ahamiyatli böldi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi qoşidagi aşula va raqs ansamblining xayriya kontsertlari mamlakatimiz böylab boşqa şahar va qişloqlarda ham davom etadi.
Umid Örozaliyev, tuman IIB boşliğining örinbosari, podpolkovnik

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶