28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:27
Qishloq xoʻjaligi 👁 450

Gʻoʻza qator oralariga ishlov berish boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi

Gʻoʻza qator oralariga ishlov berish boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi

18-aprel kuni Amudaryo tumanining Doʻrman ovulidagi “Pirnazarov Toʻraboy” fermer xoʻjaligi dalasida gʻoʻza qator oralariga ishlov berish hamda gʻoʻza tarbiyasidagi boshqa agrotexnik tadbirlar boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Republikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermonov, Joʻqorgʻi Kenges qoʻmitasi masʼul xodimi Anvar Jumanazarov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari va fermerlar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar dastlab fermer xoʻjaligi dalasida gʻoʻza qator oralariga dastlabki ishlov berish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Qayd etilganidek, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish jarayoni tuproqning mexanik va biologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Tuproqning yumshatilishi, tuproqda mikroorganizmlarning faoliyatini yaxshilaydi, bu esa tuproqning oziq moddalari bilan boyishiga yordam beradi.

Seminarda soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, gʻoʻza tarbiyasida qator oralariga ishlov berish va kultivatsiya, yaganalash jarayonlari oʻta muhim tadbirlar sirasiga kiradi. Qator oralariga dastlabki ishlov berish, yaʼni gʻoʻza qatorlari orasini haydash yoki yumshatish, tuproqning havo va suv oʻtkazish xususiyatlarini yaxshilaydi, bu esa oʻsimlik ildizlarining nafas olishini va oziqlanishini yaxshilaydi.

Kultivatsiya gʻoʻza qatorlari atrofidagi begona oʻtlarni yoʻqotish orqali gʻoʻzaga koʻproq yorugʻlik va oziq moddalar yetib borishiga ham yordam beradi. Yaganalash esa gʻoʻzaning har bir metrga toʻgʻri keladigan nihollari sonini optimallashtirish orqali gʻoʻza oʻsimliklarining bir-biriga teng sharoitda oʻsishini taʼminlaydi. Bu ishlovlarning barchasi gʻoʻza dalalarining umumiy holatini yaxshilashga va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Aytish joizki, joriy yilda Amudaryo tumani boʻyicha jami 13900 gektar maydonga chigit ekilgan. Ayni kunlarda chigitlar nish urib, unib chiqmoqda va dalalardan tekis nihol olinmoqda.

Seminarda soʻzga chiqqan masʼullar va mutaxassislar gʻoʻza qator oralariga dastlabki ishlov berish paxta yetishtirishning muhim bosqichlaridan biri hisoblanishini alohida qayd etishdi.

Bu jarayon oʻsimliklarning toʻgʻri va sogʻlom oʻsishi uchun zarur boʻlgan sharoitlarni yaratishga yordam beradi. Shuningdek, bu ishlov begona oʻtlarning oʻsishini cheklaydi va tuproqning qatqaloq qavatini yoʻqotishga yordam beradi, natijada oʻsimliklar oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay muhit vujudga keladi. Ushbu jarayonda tuproqning fizik va biologik xususiyatlari yaxshilanadi, bu esa oʻsimliklarning suv va oziq moddalardan samarali foydalanishiga imkon beradi. Ishlov berish jarayonidan keyin tuproqning yuqori qavati yumshab, oʻsimlik ildizlarining kengayishi va chuqurroqqa oʻsishiga imkon yaratiladi.

Gʻoʻza qator oralariga ishlov berish oʻsimliklarning kasalliklarga chalinish xavfini ham kamaytiradi va ildiz chirish kasalliklarining oldini olishda muhim omil sanaladi.

Masʼullar ushbu agrotexnik jarayonni sifatli amalga oshirish orqali suvdan samarali foydalanishga ham zamin yaratish lozimligini alohida qayd etdilar. Zero, tuproqning yumshatilishi suvning tuproqqa kirib borishini va undan teng tarqalishini taʼminlaydi, bu esa suvning bekorga sarflanishining oldini oladi. Bundan tashqari, tuproqning yumshatilishi suvning bugʻlanib ketishini kamaytiradi, bu esa suv resurslarini tejashga yordam beradi.

Seminarda qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari ayni kunlarda gʻoʻza tarbiyasida dolzarb hisoblanadigan agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar berib, ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar qaytardi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026