“OTAM – SUYaNGAN TOGʻIM, ONAM – MEHR BULOGʻIM”...
"Oʻzbekiston - Vatanim”, "Yor keldi”, "Toʻy bugun”, "Yigit boʻlsang”, " Ey nozanin”, "Tuhmat yomon” kabi necha oʻnlab qoʻshiqlarni maromiga yetkazib ijro etib, muxlislar qalbidan munosib joy olgan, anʼanaviy va mumtoz qoʻshiqlar ijrochisi, tuman Madaniyat va aholi dam olish markazi badiiy rahbari Murodjon Ibragimovning hayotida oʻchmas iz qoldiradigan voqea boʻldi: u "Otam-suyangan togʻim, onam-mehr bulogʻim” koʻrik tanlovining tuman bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma olgan edi. Yaqinda ana shu koʻrik tanlovning respublika bosqichi boʻlib oʻtdi va unda Murodjon Ibragimov faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi. Xonandaning ijrochilik mahorati, qoʻshiq uchun sheʼr tanlay olishi va unga mos musiqa bastalab, taʼsirchan ruhda tomoshabinlarga yetkaza olgani hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholandi.
Yoshlarni ota-onasiga, tugʻishganlariga, Vataniga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalaydigan, maʼnaviy ozuqa beradigan yetuk qoʻshiqlar yaratishga undaydigan, iqtidorli ijodkorlarni aniqlashga xizmat qiladigan koʻrik-tanlovda oʻzining yangi qoʻshiqlari bilan qatnashib, gʻoliblar safidan joy olgan ijodkorga yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
N.HAYITMURODOVA, tuman Madaniyat va aholi dam olish
markazi mutaxassisi.
(Foto - http://fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶