Ijtimoiy himoya — insonparvarlik, mehr-muruvvat, tenglik va adolat masalasidir
Ijtimoiy himoya ayrim odamlar nazarida nogironligi bölgan şaxslar, kam taʼminlangan oilalar, keksa yoşdagi odamlarning hayoti bilan boğliqdek körinadi. Aslida esa ijtimoiy himoya taʼlim, soğliqni saqlaş, şuningdek, ijtimoiy hayotning turli jabhalariga kirib bormoqda.
Xususan, nogironligi bölgan bolalar inklyuziv taʼlimga jalb qilinib, soğliqni saqlaşda nogironligi bölgan, muhtoj şaxslarga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini navbat kutmasdan vauçer asosida, 20 foiz rağbatlantiriş sifatida taqdim etiş, yakka-yolğiz yaşovçi, şuningdek, özgalar parvarişiga muhtoj fuqarolarga kompleks individual xizmatlar körsatişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada Manğit şahrining Çordara mahalla fuqarolar yiğinida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş, ularga ijtimoiy yordam va xizmatlar körsatiş işlari namunali yölga qöyilgan.
Ayni paytda mahalla hududidagi 666 ta xonadon tarkibida 1012 ta oila mavjud bölib, bu oilalarda 3650 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla xonadonlari obod, har bir oila tinç-totuv yaşaşini taʼminlaş maqsadida, aholi hayoti va turmuş şaroitlari “Inson” ijtimoiy xizmat körsatiş markazi Amudaryo tuman bölimining mahallada faoliyat olib boruvçi ijtimoiy xodimi tomonidan “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda individual yondaşuv asosida örganilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar röyxati şakllantirildi.
Örganişlar natijasida 148 nafar nogironligi bölgan şaxslar, 73 nafar kam taʼminlangan oilalar mavjudligi aniqlanib, alohida tizimga olindi.
Körilgan çora-tadbirlar natijasida protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtoj 17 nafar nogironligi bölgan şaxslar vauçer asosida protez moslamalari bilan taʼminlandi. Özgalar parvarişiga muhtoj keksalar va nogironligi bölgan şaxslar bilan işlaşiş böyiça körilgan çoralar natijasida ulardan 13 nafariga qarovçi ijtimoiy xizmat assistenti biriktirildi. Kambağallik reyestriga kiritilgan muhtoj oilalarga homiylar biriktirilib, oilalar har tomonlama qöllab-quvvatlandi.
Mamlakatimiz ijtimoiy siyosatida ustuvorlik kasb etgan “Inson qadri uçun!” tamoyili bugungi kunda xalqimiz hayotida öz ifodasini topmoqda. “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” kabi taşabbuslar aholining turli qatlamlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgani bu boradagi işlarni yuksak sifat darajasiga kötardi. Ayniqsa, 2021-yildan boşlab ijtimoiy xizmatlar yagona reyestri joriy etilgani aholining ijtimoiy holatini çuqur tahlil qiliş va aniq yordam körsatiş imkonini bermoqda.
Çordara mahallasi hududida istiqomat qiluvçi 148 nafar nogironligi bor bölgan fuqarolar hamda 73 ta kam taʼminlangan oilalarni nafaqat ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, balki turli bayram sanalari munosabati bilan ularni yöqlab boriş, bayramona sovğalar ulaşiş orqali maʼnaviy rağbatlantirib, xuş kayfiyat bağişlaşga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Çunki ijtimoiy himoya faqat davlat tomonidan beriladigan nafaqa yoki moddiy yordam körsatişdangina iborat emas. Agar har bir yurtdoş, har bir rahbar, qöni-qöşni atrofidagi ehtiyojmand insonlarga mehr-oqibat, muruvvatli bölsalar — bu har qanday moddiyatdan köra kuçliroq taʼsirga ega böladi.
Jamiyatda ijtimoiy adolat, teng imkoniyatlar, mehr va eʼtibor muhitini yaratiş har birimizning zimmamizdagi fuqarolik burçimizdir. Zero, ijtimoiy himoya — bu faqat tizim emas, balki yurak amri bilan qilinadigan haqiqiy insonparvarlik, mehr-muruvvat, tenglik va adolat masalasidir.
Gulbahor XIDIROVA, Çordara MFY kompleks ijtimoiy xizmat körsatiş xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶