Öqituvçilar iştirokida Kasaba uyuşmasi kubogi uçun sport musobaqalari ötkazildi
29-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabida va minifutbol maydonçasida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari xodimlari örtasida “Soğlom tanda – sifatli taʼlim” şiori ostida Kasaba uyuşmasi kubogi uçun 2-bosqiç sport musobaqalari bölib ötdi.
Maʼlumki, öqituvçilarning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxşilaş, stressni kamaytiriş va ijodiy potentsialni oşiriş maqsadida ularni sportga ommaviy jalb qiliş masalasiga doimiy ravişda eʼtibor qaratib kelinadi. Sport bilan muntazam şuğullaniş nafaqat tanani çiniqtiradi, balki öqituvçilarning iş samaradorligini ham oşiradi.
Şuningdek, sport jamoaviy işlaş könikmalarini rivojlantirişga yordam beradi, bu esa öqituvçilar orasida hamkorlik va özaro tuşunişni mustahkamlaydi. Sport musobaqalarida iştirok etiş şuningdek, öqituvçilarning öz soğliğiga bölgan masʼuliyatini yanada oşiradi va ularga özlarining şaxsiy va kasbiy hayotlarida muvozanatni saqlaşga yordam beradi. Bundan taşqari, sport musobaqalari öqituvçilarga öz maktablari va jamoalari bilan yanada çuqurroq boğlaniş imkonini beradi, bu esa maktablarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning yaxşilanişiga ijobiy taʼsir körsatadi.
“Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida maktablar öqituvçilaridan iborat jamoalar iştirokida Kasaba uyuşmasi kubogi uçun ötkazilgan sport musobaqalari murosasiz bahslarga boy böldi.
Keskin raqobat muhitida ötgan musobaqalar yakunlariga köra sportning şaxmat turi böyiça ayollar örtasida faxrli 1-örinni 32-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Navbahor Şamşatova, erkaklar örtasida esa faxrli 1-örinni 67-sonli maktab öqituvçisi Oybek Boltabayev egalladi.
Sportning şaşka turi böyiça esa ğoliblik ayollar örtasida 76-sonli maktab öqituvçisi Roza Xidirovaga, erkaklar örtasida 44-sonli maktab öqituvçisi Aminboy Eşimbetovlarga nasib qildi.
Stol tennisi musobaqalari yakunlariga köra ayollar örtasida faxrli 1-örinni 36-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Eʼtibor Bobojonova egallagan bölsa, erkaklar örtasida ğoliblik 40-sonli maktab öqituvçisi Doniyor Yuldaşevga nasib qildi.
Voleybol musobaqalari ham juda qiziqarli va hayajonli ötdi. Barça bosqiçlar yakunlariga köra 28-sonli maktab jamoasi ayollar örtasida faxrli 1-örinni egalladi. Ayollar örtasida ötkazilgan minifutbol musobaqalarida esa 7-sonli maktab jamoasiga teng keladigani topilmadi.
Ğolib iştirokçilar va jamoalar musobaqalarning 3-bosqiçida iştirok qiliş huquqiga ega böldilar. Şuningdek, ğoliblar va faol iştirokçilar taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi kengaşi tomonidan diplomlar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Musobaqalarning tantanali yopiliş va ğoliblarni taqdirlaş marosimida taʼkidlanganidek, sport bilan muntazam şuğullaniş öqituvçilarga öquvçilar bilan yangi va samarali muloqot qiliş usullarini topişga yordam beradi, bu esa taʼlim sifatini oşiriş, maktablarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştirişga xizmat qiladi. Ötkazilgan uşbu musobaqalar ham iştirokçi öqituvçilarga jamiyatning faol aʼzolari safida bölişga imkon yaratib, ularning jismoniy faolligini oşirişga yordam berişi şubhasiz.
Uluğbek Abduraxmanov, Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi kengaşi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶