28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:32
Siyosat 👁 494

Amir Temur nomli ovulda tuman hokimining sayyor qabuli oʻtkazildi

Amir Temur nomli ovulda tuman hokimining sayyor qabuli oʻtkazildi

Aholi murojaatlarini qabul qilish va ular bilan tizimli ravishda ishlash, xalq bilan yaqindan muloqot qilishda sayyor qabullar muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlar fuqarolarning davlat organlari bilan bevosita aloqasini taʼminlaydi va ularning muammolari va takliflarini toʻgʻridan-toʻgʻri masʼul tashkilotlarga yetkazish imkonini beradi. Shuningdek, sayyor qabullar joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini oʻrganish hamda xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Bu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatda davlat organlarining aholi bilan muloqotini yanada takomillashtirish va fuqarolar huquq hamda erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashga qaratilgandir.

Tumanda tasdiqlangan jadvallar asosida hokim va sektorlar rahbarlarining sayyor qabullari muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Yaqinda tumanning Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini binosida tuman hokimi Sobir Xoʻjametovning sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, 2-sektor rahbari, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, tuman hokimi oʻrinbosari Nodir Kamolov, tumandagi muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Aytish joizki, aholi muammolari bilan ishlashda murojaatlarni qabul qilish tizimining samaradorligi va shaffofligi, shuningdek, joylarda murojaatlarning oʻz vaqtida ijobiy hal etilishi muhimdir. Bu esa fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini oshiradi va ularning muammolarini hal qilishda samarali mexanizmlarni yaratadi. Shu bilan birga, muammolarni mahallaning yoki hududlarning oʻzida hal qilish va ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishiga imkon yaratadi. Amir Temur nomli ovul ahli bilan oʻtkazilgan sayyor qabul ham ana shunday maqsadlarga xizmat qiladi.

Sayyor qabulda fuqarolardan asosan kundalik maishiy muammolar va infratuzilmalar holatiga doir murojaatlar kelib tushdi. Ovul ahli isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, ichki yoʻllarni taʼmirlash, moddiy yordam ajratish, ish bilan taʼminlash kabi masalalarda tuman hokimiga murojaat qildilar.

Sayyor qabulda aholining boshqa masalalar boʻyicha ham murojaatlari tinglanib, qabulda ishtirok etayotgan tegishli masʼullarga murojaatlarni oʻz vaqtida, imkon qadar ijobiy hal qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Aytish joizki, Prezidentimizning 2019-yil 2-aprel kungi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” printsipi asosida hamkorlik tizimi joriy qilingan. Mazkur tizimning asosiy maqsadi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obʼektlarni oʻrganish orqali muammolarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etish choralarini koʻrish, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishdan iboratdir.

Ushbu farmon asosida joriy qilingan yangi tizimga muvofiq bu kabi sayyor qabullar tumanning barcha ovul va mahallalarida, tasdiqlangan jadval asosida oʻtkazilmoqda. Tuman hokimi va sektorlar rahbarlari boshchiligida tegishli hududlarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar fuqarolar va hukumat oʻrtasidagi muloqotni kuchaytirish va muammolarni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026