28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:29
Qishloq xoʻjaligi 👁 412

Tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq xoʻjaligi sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshmoqda

Tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq xoʻjaligi sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshmoqda

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligining oʻrni alohida. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash va qishloq joylarida yangi ish oʻrinlarini tashkil qilishda fermer, dehqon va tomorqa xoʻjaliklari tasarrufidagi yer maydonlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham davlatimiz va hukumatimiz dehqonlarning yerdan moʻl hosil va yuqori daromad olishi uchun zarur huquqiy, tashkiliy-uslubiy va amaliy yordamlarni koʻrsatib kelmoqda.

Ushbu yoʻnalishda tashkil qilingan nodavlat tuzilma – Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining asosiy maqsadi ham ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirishga hissa qoʻshishdir.

Amudaryo tumani Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ham bu maqsadlarga erishish uchun turli chora-tadbirlar ishlab chiqib, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Tuman boʻyicha jami 39 ming 853 ta tomorqa yer egalar mavjud boʻlib, ular ixtiyorida 6 ming 652 gektar ekin yerlari bor. Kengashning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra 2024-yilda aholi ixtiyoridagi tomorqa yer maydonlarining 4 ming 332 gektariga ertaki ekinlari ekiladi. Jumladan 1 ming 989 gektar yerga sabzavot, 588 gektar maydonga poliz ekanlari, 782 gektar dalaga kartoshka, 422 gektar yerga dukkakli ekinlar, 160,8 gektar maydonga moyli ekinlar hamda 389,7 gektar dalaga boshqa ekinlar ekilishi prognoz qilingan edi. Shuningdek, joriy yil hosili uchun oʻtgan yilning avgust-sentyabr oylarida 1 ming 762 gektar piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari ekilgan.

Kengash taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra bugungi kunda aholi tomorqalarining umumiy maydoni 13,9 gektar boʻlgan qismida 1 ming 183 ta issiqxonalar mavjud. 2024-yilda 49 ta ovul va mahallalardagi aholi tomorqalarida har birining maydoni 1-1,5 sotix, umumiy maydoni 12,8 gektar boʻlgan 877 ta ixcham issiqxonalar tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Maʼlumki, bir hududda joylashgan tomorqachilar ayni vaqtda bir xil mahsulot yetishtirsa, suvdan foydalanish samaradorligi oshadi. Qolaversa, tomorqachilarning oʻzaro tajriba almashishi yedan moʻl hosil olish imkoniyatini oshiradi. Bu yetishtirilgan hosilni ulgurji sotish uchun potentsial xaridorlarni jalb qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham tumandagi mahallalarni “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashtirish boʻyicha Kengash tomonidan qator amaliy ishlar qilinmoqda. 2023-yilda 21ta mahallada shu tamoyil asosida ishlar tashkil qilingan boʻlsa, 2024-yilda 27 mahalla bir xil mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Kengashning rejalariga koʻra ushbu tamoyil asosida sabzavotchilik yoʻnalishida 19ta mahalladagi jami 9 ming 565 xonadonning 1 ming 437 gektar, kartoshkachilik yoʻnalishida 2ta mahalladagi 3 ming 188ta xonadonning jami 466 gektar, polizchilik yoʻnalishi boʻyicha esa 4ta mahalladagi 1 ming 594ta xonadonning jami 266 gektar tomorqa yerlariga bir vaqtda, bir xil ekin ekaladi. Bundan tashqari, bitta mahalladagi mevachilik hamda bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi 7 ming 145ta xonadonga qarashli jami 1 ming 186 gektar, yana bitta mahallada joylashgan 2 ming 607ta xonadonga tegishli jami 401 gektar tomorqa yerlarida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Tomorqani rivojlantirish ishlariga sektorlar ham faol jalb qilinmoqda. Joriy yil davomida tumandagi har bir sektorda 2ta mahalla, umumiy hisobda 8ta mahalladagi 16ta koʻchalarda joylashgan jami 521ta xonadonning tomorqa yerlarini namunali qilish boʻyicha “Yoʻl xarita”lari ishlab chiqilgan.

Kengash oʻz aʼzolarini nafaqat uslubiy, balki moddiy tomondan ham qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Joriy yil davomida Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tumanimizda faoliyat yuritayotgan qishloq xoʻjaligi subʼektlariga bogʻ-tok qator oralariga ekinlar ekish va tomorqa infratuzulmasini rivojlantirish uchun jami 3 milliard soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilishi belgilangan.

Yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va sotishga koʻmaklashish maqsadida esa yil davomida tumanning 12ta hududida, shundan 8ta gavjum mahallalarda yengil konstruktsiyali dala doʻkonlari va kichik sigʻimli muzlatkich omborlari qurilishi koʻzda tutilgan.

Bugungi kunda tumanda kompleks tomorqa xizmatini koʻrsatuvchi 4ta yuridik tashkilot faoliyat yuritib, aholi tomorqa yer egalariga sifatli xizmatlar koʻrsatib kelmoqda. Birgina “Amudaryo tomorqa xizmat” MChJ klasteri Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari jamgʻarmasi hisobidan 5 milliard soʻm kredit olib, 12 ta yoʻnalishda tumandagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga xizmatlar koʻrsatib kelmoqda.

Yaratilayotgan qulay sharoit va sohaga qaratilayotgan eʼtibor tufayli tumanimizda ilgʻor tomorqachilar, namunali dehqon xoʻjaliklari, ishbilarmon fermerlar safi kun sayin ortib bormoqda. Masalan, Oq oltin ovuli xududidagi shaxsiy tomorqa yer egasi Yangiboy Qurbanbayev 16 sotix tomorqaning 3 sotix yerida issiqxona tashkil qilgan. U har yili erta bahorda sabzavot koʻchatlarini yetishtirib, boshqa tumanlar bozorlarini ham koʻchat bilan taʼminlashga hissa qoʻshib kelmoqda. Dehqon har yili tomorqasidan 2-3-marta hosil olib, oilasiga qoʻshimcha 40-50 mln soʻm daromad keltirmoqda.

Tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan Kengash aʼzolariga tashkiliy-uslubiy jihatdan ham yordamlar koʻrsatib kelinmoqda. Kengash huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi fermer xoʻjaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlarini koʻrsatishni yanada takomillashtirishda muhim vosita boʻlmoqda. Markazda tumanimizdagi paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan 356ta fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi soliq va statistika hisobotlari boʻyicha maslahatchilar, agronom va hisobchilar faoliyat yuritadi.

Mazkur mutaxassislar xoʻjaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish, ishchilariga ish haqi hisoblash va undan majburiy ajratmalar ajratish, mavsum yakuni boʻyicha fermer xoʻjaliklarining asosiy vositalari, tovar-moddiy zaxiralari, pul mablagʻlari, debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, soliqlar boʻyicha hisob-kitoblar, soliq organlari bilan qarzdorlik boʻyicha solishtirma dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishini tashkil etishda amaliy yordamlar koʻrsatib kelmoqda.

Bundan tashqari, fermer xoʻjaligining yil yakuniga koʻra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olishi uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va keyingi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy va statistika hisobotlari tuzish va ularni tegishli organlarga oʻz vaqtida taqdim etishda ham markaz xodimlarining xizmatlari katta.

Agronomlar esa fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha maslahatlar berib, ularni sifatli urugʻ va koʻchatlar bilan taʼminlash, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida tashkil qilish boʻyicha uslubiy va amaliy yordam koʻrsatib kelmoqdalar.

Xulosa qilib aytganda, tuman Fermer, dehqon joʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbariyati va xodimlari amudaryolik fermer va dehqon xoʻjaliklari egalari hamda tomorqachilarning manfaatlarini himoya qilib, ularning yanada rivojlanishi va koʻproq daromad olishi, shu orqali esa iqtisodiyot rivoji, aholining bandlik darajasi ortishi hamda xalq turmushining yanada farovon boʻlishiga hissa qoʻshib kelmoqda.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026