28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Sport 👁 371

19-sonli maktabda Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab sport musobaqalari oʻtkazildi

19-sonli maktabda Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab sport musobaqalari oʻtkazildi

9-may ­– Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mamlakatimizdagi taʼlim maskanlarida, muassasa va tashkilotlarda, mehnat jamoalarida xotira kechalari, turli sport tadbirlari oʻtkazish anʼanaga aylangan. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga koʻmaklashish, ularni turli yot gʻoya va illatlardan asrash, maʼnaviy immunitetini mustahkamlash, oʻtmishdagi suronli yillarni eslatib, tinchlikning qadriga yetishga chorlashdir.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 19-sonli maktabda ham shu kabi tadbir oʻtkazildi. Maktabning oliy toifali jismoniy tarbiya oʻqituvchilari Muborak Masharipova hamda Shukurjon Jumamurodovalar tomonidan tashkil qilingan musobaqalar maktab oʻquvchilari uchun chinakam sport bayramiga aylandi.

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportning badminton, stol tennisi, basketbol va yengil atletika kabi turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalar ishtirokchilar hamda tomoshabinlar orasida sportga qiziquvchi yoshlar safini yanada oshirdi.

Aytish joizki, maktab oʻquvchilari orasida turli sport musobaqalari ishtirokchilari, gʻolib va sovrindorlari safi kun sayin ortib bormoqda. Jumladan, maktabning basketbolchi qizlari 2022-yilda “Umid nihollari” sport musobaqalarining sektor va tuman bosqichlarida 1-oʻrinni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. Yengil atletikachi qizlar ham sektor, tuman bosqlarida gʻolib boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 2-oʻrinni egallashgan edi. 2022, 2023-yilda ham maktab oʻquvchilari qator musobaqalarda gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Joriy yilda oʻtkazilgan “Umid Nihollari” sport musobaqalarining tuman bosqichida esa maktab oʻquvchilari stritbol boʻyicha 2- va 3-oʻrinlarni egallashdi. Bandminton boʻyicha ham 1-, 2- va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritdigan yoshlar safidan 19-sonli maktab oʻquvchilari ham joy egallashdi.

Bundan tashqari, joriy yilda oʻtkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida maktabning yengil atletikachi qizlari avval sektor, keyinchalik tuman bosqichida 1-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi va ayni kunlarida iyun oyida oʻtkaziladigan musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishmoqda.

Aytish joizki, jismoniy tarbiya va sport yoshlarning jismoniy va maʼnaviy kamolotida muhim rol oʻynaydi. U yoshlar jismi va ruhini nafaqat jismonan, balki ijtimoiy va psixologik jihatdan ham mustahkamlaydi, ularning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga tayyorlaydi.

Ayniqsa, jamoaviy sport turlari yoshlarda jamoa bilan ishlash qobiliyatini, liderlik xususiyatlarini va jamoadoshlari oldida masʼuliyat tuygʻusini shakllantiradi. Shuningdek, sport orqali yoshlar oʻzlarining stressga chidamliligini va muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirishadi.

Jismoniy tarbiya va sportning yana bir muhim jihati yoshlarni sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirishdir. Sport bilan muntazam shugʻullanish, yoshlarni turli kasalliklardan himoya qilish va ularning umumiy salomatligini yaxshilashga yordam beradi. Bu esa oʻz navbatida yoshlarning oʻqish, bilim va koʻnikmalarni egallash samaradorligini oshiradi.

19-sonli maktab oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan sport musobaqalari ham ishtirokchi oʻquvchi yoshlarning jismoniy, maʼnaviy va ijtimoiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega tadbir boʻldi.

Maktabning oliy toifali jismoniy tarbiya oʻqituvchilari Muborak Masharipova hamda Shukurjon Jumamurodovalar kelgusida ham turli bayramlar va sanalar munosabati bilan oʻquvchilar oʻrtasida turli sport musobaqalarini oʻtkazib, ularning iqtidorlarini yanada rivojlantirish, shu orqali Kuyuk koʻpir ovuli, Amudaryo tumani va Qoraqalpogʻistonning sharafini mamlakat miqyosidagi va xalqaro musobaqalarda himoya qiladigan sportchilar yetishib chiqishiga zamin yaratishni oʻz oldlariga maqsad qilib qoʻyishgan.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026