40 yoşdan oşgan aholi örtasida qandli diabetga skrining tekşiruvlari ötkazildi
Qandli diabet — bu inson salomatligiga jiddiy tahdid soluvçi kasalliklardan biri hisoblanadi. Bu kasallik uglevodlar almaşinuvining buzilişi bilan boğliq bölib, insulin işlab çiqariş yoki uning taʼsirining yetişmasligi natijasida paydo böladi. Qandli diabetning erta aniqlanişi va samarali davolanişi kasallikning oğir asoratlarining oldini olişda muhim ahamiyatga ega.
Şu maqsadda akademik Yolqin Töraqulov nomidagi Respublika Ixtisoslaştirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasining bir qator hududlarida 40 yoşdan oşgan aholi örtasida skrining tekşiruvlari ötkazildi.
Skrining tekşiruvlari — bu kasallikning bor-yöqligini aniqlaş uçun amalga oşiriladigan testlardir. Bu testlar orqali diabetning dastlabki bosqiçlaridayoq uni aniqlaş mumkin, bu esa kasallikning oldini oliş yoki rivojlanişini sekinlaştiriş imkonini beradi.
Respublika Ixtisoslaştirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli davolaş va profilaktika muassasalarida bölib, bemorlar ahvolidan xabar oldi va ularni davolovçi şifokorlarga tegişli tavsiyalar berdi.
Aytiş joizki, Özbekistonda qandli diabet va diabet oldi holatlarini aniqlaş uçun skrining tekşiruvlarini ötkaziş amaliyoti keng joriy qilinmoqda. Amudaryo tumani böyiça 2,5 mingdan ortiq qandli diabetga çalingan bemorlar röyxatga olingan. Dunyo böyiça hamda Özbekiston miqyosida olib qaralganda aholining 8-10 foizi uşbu kasallikdan aziyat çekadi. Bundan kelib çiqadiki, tuman böyiça 20 mingga yaqin odam qandli diabetga çalingan bölişi, ammo aksariyati bu haqida bilmasligi yoki şifokorga vaqtida murojaat qilmagan bölişi mumkin. Bu esa kelgusida kasallikning oğir asoratlar bilan keçişiga olib keladi.
Şu sababli ham yuqori xavf guruhida bölgan insonlar, jumladan 40 yoşdan oşganlar har yili bir marotaba qondagi qand miqdorini aniqlaş uçun tegişli tahlillarni topşirişlari tavsiya etiladi.
Akademik Yolqin Töraqulov nomidagi Respublika Ixtisoslaştirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mutaxassislari markazning Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali rekonstruktiv plastik jarrohlik bölimida ham bölib, 16 nafar qandli diabet asoratlari mavjud bölgan bemorlarni çuqurlaştiriligna tibbiy körikdan ötkazidi va ulardan 4 nafarida jarrohlik operatsiyalarini bajardi.
Malakali vraçlar taşrifi Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli davolaş-profilaktika muassasalari şifokorlarining bilim va tajribalarini yanada takomillaştirişda ham muhim imkoniyat böldi.
Notöğri ovqatlaniş, kamharakatlilik oqibatida kelib çiqadigan ortiqça vazn, nosoğlom turmuş tarzi sabab qandli diabet bilan kasallanganlar soni yildan-yilga köpayib, kasallikning özi esa borgan sari yoşarmoqda. Şu bois, diabetning oldini oliş bugun soha vakillari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. “Qars ikki qöldan çiqadi” deganlaridek, nafaqat tibbiyot xodimlari, balki aholi, ayniqsa 40 yoşdan oşgan yurtdoşlarimiz ham öz salomatliklariga befarq bölmay, har yili qondagi qand miqdorini tekşirtirib turişlari lozim. Bu esa kasallik kelib çiqişining oldini olib, uni barvaqt aniqlaş va davolaş imkonini beradi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶