14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:44
Jamiyat 👁 369

Ajdodlarning nasli-nasabi va shajarasi avlodlarning uzilmas zanjiri orqali davom etaveradi

Ajdodlarning nasli-nasabi va shajarasi avlodlarning uzilmas zanjiri orqali davom etaveradi

Har yili 15-may sanasi Xalqaro oila kuni sifatida oilaning ahamiyatini targʻib qilish va uning jamiyatdagi rolini oshirish maqsadida butun dunyo boʻylab nishonlab kelinadi. Bu sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yilda taʼsis etilgan va 1994-yildan buyon har yili nishonlanadi.

Oila – jamiyatning asosiy boʻgʻini, uning maʼnaviy va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi muqaddas dargohdir. Oilada olingan tarbiya, mehr-muhabbat va oʻzaro hurmat tuygʻulari farzandlarning kelgusida jamiyatga foydasi tegadigan olijanob insonlar boʻlib voyaga yetishlarida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shu sababli ham yurtimizda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilalarning iqtisodiy, maʼnaviy rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada namunali oilalar safi yil sayin koʻpaymoqda.

Amudaryolik Jumaniyozovlar oilasi ham ana shunday ibratli oilalardan biri. Oila rahbari Rustam Jumaniyozov 1964-yilda Choykoʻl ovulida tugʻilgan. 1981-yilda sobiq Ayniy nomli, hozirgi 22-sonli maktabni tugatib, 1983-85-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. Harbiy xizmatdan qaytgach, 1985-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining davolash ishi fakultetiga oʻqishga kirib, mazkur institutni 1991-yilda tugatgan lavhamiz qahramoni shu kunga qadar tibbiyot sohasida samarali faoliyat yuritmoqda. Hozirda Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasining jarrohlik boʻlimi mudiri vazifasida ishlab, bemorlarga shifo ulashish bilan bir qatorda boʻlimda ishlovchi oʻnlab shifokorlar, oʻrta tibbiyot xodimlariga rahbarlik qilib kelmoqda.

Uch nafar farzandning otasi boʻlgan lavhamiz qahramoni umr yoʻldoshi – tuman Tibbiyot birlashmasining “Tez yordam” boʻlimi navbatchi hamshirasi Sapargul Abdurazzoqova bilan farzandlariga bergan taʼlim-tarbiyasi, jamiyatdagi oʻrni sababli bu oila el-yurtda ibratli, deya sifatida eʼtirof etiladi.

Ota-onaning tarbiyasini, taʼlimini olgan ikki oʻgʻil va bir qiz ham oliy maʼlumotli. Toʻngʻich oʻgʻli Xursandbek 1991-yilda dunyoga keldi. Maktabda aʼlo baholarga oʻqib, oliygohni ham muvaffaqiyatli tamomlagan Xursandbek ham bugun kamolga yetib, oila qurdi. Turmush oʻrtogʻi bilan ikki nafar farzandni voyaga yetkazmoqda. U Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻinida yoshlar yetakchisi vazifasida faoliyat yuritadi. Oilaning kelini Saltanat esa 22-sonli maktabda tarix fanidan dars beradi.

Namunali oilaning ikkinchi farzandi – qizi Fazilat ham oilali, ikki nafar farzandi bor. U ham 22-sonli maktabda psixolog vazifasida faoliyat yuritadi.

Kenja farzand Xurshid esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tugatib, hozirda Toshkent shahrida yashab, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritmoqda.

Rustam Jumaniyozov va Sapargul Abdurazzaqovalar oila qurib, ilk farzandi dunyoga kelganidanoq ota-onalarining, bobo-buvilarining tavsiyalari va yordami bilan farzand tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratishdi. Ikkalasi ham tibbiyot sohasida faoliyat yuritgani sababli ularning jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishiga alohida mehr bilan yondashishdi. Farzandlari katta boʻlgach, sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollik borasida tavsiyalar berib, oʻzaro mehr-oqibatli, insofli va diyonatli boʻlishga chorlashdi. Bolalarga taʼlim-tarbiya berish, ularning qiziqishlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga oʻrgatish, farzandlariga oʻrnak boʻlish, ular ongi va qalbiga ijobiy xulq-atvorni singdirish borasida qilgan mehnatlari sababli bugun el-yurtda eʼzozli mana shunday mustahkam oila bunyod boʻldi.

Endigina tetapoya boʻlayotgan, dunyoni tanishga intilayotgan nevaralar ham mana shunday qadriyatlar asosida tarbiyalanmoqda. Shu tariqa ajdodlarning nasli-nasabi va shajarasi avlodlarning uzilmas zanjiri orqali davom etaveradi.

Tilagimiz – yurtimizda mana shunday ibratli oilalar safi yanada koʻpayaversin! Zero, har bir oila mustahkam, tinch-osoyishta, maʼnaviy va iqtisodiy barkamol boʻlsa, xalq, davlat ham taraqqiyot sari dadil odimlayveradi.

M.Shomurodov, R.Bahromov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019